256-bob
Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni
Bilingki, g‘iybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu
isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin
bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi:
Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yo qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi
yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib: «Falon kishi menga zulm qildi»
yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlarni aytmog‘i joiz.
Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga yordam
so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon
kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi.
Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga qaratilmog‘i kerak. Uning
maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi.
Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiyga «Otam yo inim yoki falonchi
menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li
qanaqa?» deb aytmog‘i joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim
bunday qildi», deb hojati uchun aytmog‘i joiz. Yana ham to‘g‘rirog‘i, «Bir kishining ana
bu ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan
maqsadini hosil qilmog‘i ham durust.
Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan rivoyat tayin qilishning joizligini
ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh (s.a.v.) uni bu
g‘iybatidan qaytarmadilar.
To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta
ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini
majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj
bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi yo nikoh yo‘li bilan qarindoshlik
munosabatlariga kirishini, yo ishda sherik bo‘lishini, yo omonat olishini, yo uning
huzuriga omonat qo‘yishni, yo bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan
maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u haqda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi.
Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yo
«Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish
joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va
yana aytadilar: «O’g‘riligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib
olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing
lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda, balki har bir sotib olinayotgan narsaning
aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana
aytadilar: «Agar bir fiqh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |