«Va u Rasululloh (s.a.v.) (Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U
(Qur’on) faqat vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir» (Najm surasi, 3-4-
oyatlar).
1525/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men osmonga
ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning misdan
tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil, anavilar
kim?» desam, u zot: «Ular shunday shaxslarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni, g‘iybat
qilib), obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyati.
1526/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir
musulmon boshqa bir musulmonning qoniga, obro‘siga va moliga (tajovuz qilishi)
haromdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |