Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
1017/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Uylaringizni 
(namoz o‘qilmaydigan) qabr kabi qilmanglar. Albatta, shayton Baqara surasi o‘qiladigan 
uydan qochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1018/11. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abu Munzir
Allohning kitobidan sen yod qilgan qaysi oyat ulug‘ ekanini bilasanmi?» degandilar, men: 
«Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum», dedim. Shunda u zot ko‘kragimga urib: «Ilm 
muborak bo‘lsin, ey Abu Munzir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1019/12. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) meni Ramazon 
zakotiga qo‘riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola boshladi. Men 
uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U : 
«Bolalarim ko‘p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo‘yib yubordim. Tong ottirganimda, 
Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ey 
Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, unga rahm qilib 
qo‘yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg‘on gapirgan bo‘lmasin, yana 
keladi», dedilar. Men Rasulullohning so‘zlaridan uning tag‘in kelishini bilib, kutdim. U 
kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni Rasululloh huzurlariga 
olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo‘yib yubor, bolalarim ko‘p, shunga juda 
muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, yana qo‘yib 
yubordim. Tong otgach, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?» 
dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, rahm qilib qo‘yib 
yubordim», dedim. Rasululloh (s.a.v.): «Senga yolg‘on gapiryotgan bo‘lmasin, u yana 
qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola 
boshladi. Uni ushlab oldim va: «Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu 
oxirgisi, seni Rasulullohning huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo‘yib 
yubor, agar qo‘yib yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o‘rgatib qo‘yaman, u bilan 
Alloh senga naf beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To‘shagingga yotsang, 
Oyatul kursiyni o‘qi, Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha 
shayton senga yaqinlasha olmaydi», dedi, so‘ng men uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, 
Rasululloh (s.a.v.): «Kechagi asiring nima qildi?» deb so‘radilar. Men: «Ey Rasululloh, u 
Alloh foyda beradigan kalimalarni o‘rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. Rasululloh: 
«Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to‘shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o‘qi, 
Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha 
olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’zi yolg‘onchi bo‘lsa ham, 
rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini 
bilasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedim. «U shayton edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1020/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Kahf 
surasining avvalidan o‘n oyat yodlasa, dajjoldan omonda bo‘ladi», dedilar. Boshqa 
rivoyatda «Kahf suraning oxiridan» bo‘lib kelgan. Imom Muslim rivoyatlari. 
1021/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlarida o‘tirgan edilar, ustlarida yangrayotgan bir ovozni eshitdilar. Va 
boshlarini ko‘tarib, bu osmondagi bir eshik bo‘lib, bugun shu eshik ochildi. Faqat bugun 
ochildi, xolos. Hamda u yerdagi bir farishta tushdi. Shu farishta yer yuziga bugun tushdi
xolos. Bundan oldin tushmagan edi. Farishta salom berib, Rasulullohga (s.a.v.) ikki nur 
bashoratini berdi. Va: «Bundan oldin biror payg‘ambarga berilmagan, dedi. U Fotiha 
surasi va Baqara surasining oxiridir. Undan biror harf o‘qisangiz, uning savobi beriladi», 
dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish