yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoki xotinlaringizga
qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza
tuproqni tayammum qilingiz - ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni (pokiza tuproq)
bilan silangiz. Alloh sizlarni biror tanglik-mashaqqatga sollmoqni istamaydi,
balki sizlarni poklashni va sizlarga o‘z ne’matini komil qilib berishni istaydi.
Shoyadki, shukur qilsalaringiz», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat).
1023/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni
ummatimning tahoratda yuvadigan a’zolari yaltirashidan tanib chaqiriladi. Kimki o‘sha
yaltiroqni uzun qilishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni tahorat qilayotganida
a’zolarining ko‘proq qismiga suv yetkazaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1024/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min
bandaga (jannatda) kiygiziladigan taqinchoq tahoratda suv tekkizgan yerigacha
yetkaziladi. Ya’ni qaerigacha yuvgan bo‘lsa, o‘sha yerigacha taqinchoq taqiladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1025/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki tahorat
qilsa va uni chiroyli tarzda ado etsa, uning jasadidan xatolari chiqib ketadi. Hattoki
tirnoqlari ostidan chiqib ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1026/4. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) men kabi
tahorat qilganlarini ko‘rdim. So‘ngra u zot: «Kimki mana shu tarzda tahorat qilsa,
avvalgi gunohlari kechiriladi. Endi o‘qigan namozi va masjidga yurib borgandagi savobi
esa yoniga qoladi», dedilar», dedi. Imom Muslim rivoyatlari.
1027/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar musulmon
yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan
suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan
barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki,
gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha
xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan
pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1028/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Baqiy’ qabristoniga
kelib: «Assalomu alaykum dora qavmin muminiyn, vainna inshaallohu bikum lohiqun»
(ya’ni mo‘minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo‘lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham
sizlarga qo‘shilamiz), deb, yana u zot: «Birodarlarimni ko‘rgim kelayapti», dedilar.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |