Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
198
Qur’onni to‘planib o‘qishning mahbubligi haqida
1022/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm
Allohning uylaridan biriga to‘planib, Allohning kitobini tilovat qilsa va o‘zaro
bir-birlariga
aytishsa,
ularga xotirjamlik tushib, rahmat qoplaydi va farishtalar o‘rab olishadi.
Hamda
Alloh ularni O’zining huzuridagilar, ya’ni (farishtalar) bilan eslaydi» , dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
185-BOB
Tahoratning fazilati to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, qachon namozga turganingizda yuzlaringiz hamda
qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz (ya’ni nam
qo‘llaringiz bilan silangiz)
va oyoqlaringizni oshiqlarigacha (yuvingiz!)»
Agar junub
bo‘lsalaringiz, poklaningiz - cho‘milingiz.! Agar bemor yo musofir bo‘lsangizlar
Do'stlaringiz bilan baham: