Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
202
1053/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim uyida tahorat
olib, Allohning uylaridan bir uyga Uning farzlaridan birini bajarish uchun borsa,
qadamining biri xatolarini o‘chirsa, ikkinchisi darajalarini ko‘taradi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
1054/3. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ansoriylardan bir kishi bor edi. Bu
kishidan boshqa biror kishini masjiddan uzoqroq joyda turishini bilmayman.
U biror
namozni qoldirmas edi. O’sha kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘i zulmatda
va qattiq issiq bo‘lganda minib kelsang bo‘lmaydimi?»
deb aytganimda, u kishi:
«Manzilim masjid yonida bo‘lishi meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va
ahlimga qaytishimdagi qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh
(s.a.v.) (buni eshitib): «Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1055/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Masjid yonida bir o‘rin bo‘shab qolib, Bani
Salama masjid yaqinidagi o‘sha joyga ko‘chishni xohlashganida, bu
xabar Rasulullohga
(s.a.v.) yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlar masjid yaqiniga ko‘chib kelishni
xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey
Allohning rasuli, biz shuni xohlayapmiz»,
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«O’z joylaringizni (qo‘ldan boy bermay) saqlang.
Qadamlaringizga (savob) yoziladi», deb aytgandilar, ular: «Bu gapdan keyin ana shu
yerdan ko‘chish bizni xursand qilmas edi», deyishdi.
Imom Muslim rivoyatlari.
1056/5. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishilarning namozda
ajr olish jihatidan eng ulug‘lari uzoqdan yo‘l yurib keluvchilaridir. Imom bilan o‘qish
uchun kutib o‘tirgan kishining savobi o‘zi o‘qib keyin uxlagan kishinikidan ulug‘roqdir»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1057/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qorong‘ida
masjidga
yurib boruvchi kishilarga Qiyomat kuni mukammal nur bo‘lishini bashorat qilinglar», deb
aytdilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1058/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Xatolarni o‘chirib,
darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha»,
deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga
qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu
narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1059/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar
masjidga borishga odatlangan kishini ko‘rsangizlar, uning
iymonli ekaniga guvohlik
beringlar. Chunki Alloh taolo:
«Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat
Do'stlaringiz bilan baham: