www.ziyouz.com kutubxonasi
204
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) bizga hidoyat
yo‘lini o‘rgatdilar. Azon aytiladigan masjidda namozni jamoat bilan o‘qish hidoyat
yo‘llaridandir», dedilar.
1069/7. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch nafar kishi biror
qishloq yoki sahroda jamlanishsayu jamoat bo‘lib namoz o‘qishmasa, shayton ularga
g‘olib keladi. Bas, shundoq ekan, jamoatni o‘zingizga lozim tuting. Chunki bo‘ri ham
yolg‘iz yurgan qo‘yni yeydi», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |