Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
(Qiyomat kunida)
o‘shani ko‘rur»
(Zalzala surasi, 7-oyat).
«O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni
(Qiyomat kuni)
Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq ajr-mukofot holida
topursizlar»
(Muzzammil surasi, 20-oyat).
«Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir».
(Baqara
surasi, 273-oyat) deb aytgan.
95/1.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo:
«Kimki Mening do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman. Bandam
farzlarimga amal qilganchalik boshqa biror narsada Menga yaqin bo‘la olmaydi. Bandam
Menga nafllar bilan yaqin bo‘lishda bardavom bo‘ladi, hatto Men uni yaxshi ko‘rib
qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan
qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Agar Mendan so‘rasa, uni beraman. Agar Mendan
panoh so‘rasa, panohimga olaman», dedi».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
96/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Rabbilari azza va jalladan
quyidagilarni rivoyat qildilar: «Agar banda Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir
gaz yaqinlashaman. Agar Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch
yaqinlashaman.
Agar Menga yurib kelsa, Men unga tez yugurib boraman (ya’ni, bandam
har turli ibodat va yaxshiliklar bilan Menga yaqin bo‘lsa, Men undan ziyoda inoyat va
karamlarim bilan mehribonlik qilaman - tarj...)».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
97/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ikki ne’mat borki, u
haqda kishilarning ko‘pchiligi ziyon topib, bebahra
qolishadi. Sihhat-salomatlik va bo‘sh vaqt», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
98/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) kechalari (namozda)
turganlaridan oyoqlari shishib ketardi. «Ey Allohning rasuli!
Alloh sizning oldingi-yu
keyingi gunohlaringizni kechirgan bo‘lsa, nima uchun bunday qilyapsiz?» desam, u zot:
«Shukr etuvchi banda bo‘lmayinmi?» dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
99/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) agar (Ramazon oyining
oxirgi) o‘n kuni kirsa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazib, bunga ahli ayollarini ham
uyg‘otardilar. O’zlari ko‘p g‘ayrat qilib, ibodat uchun belbog‘larini mahkam bog‘lardilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
100/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kuchli mo‘min Alloh
taologa kuchsiz mo‘mindan mahbubroqdir. Har birlarida yaxshilik bordir.
Senga foydasi
bor narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam so‘ra. Ojiz bo‘lmagin. Agar senga biror musibat
yetsa, unday qilganimda, bunday bo‘lardi, demagin. Lekin Allohning taqdiri, nimani
xohlasa, o‘shani qiladi, degin. Chunki «agar» so‘zi shayton amali uchun yo‘l ochadi»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
101/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Do‘zax (nafs
xohlaydigan) shahvatlar bilan o‘rab qo‘yilgandir. Jannat (nafs xohlamaydigan)
karohiyatli narsalar bilan o‘rab qo‘yilgandir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
102/8. Abu Abdulloh Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Kechalarning
birida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini o‘qiy
boshladilar. Men yuzinchi oyatda ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot davom ettirdilar.
Baqara surasini bir rakatga o‘qisalar kerak, desam, u zot yana davom ettirdilar. Endi
ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot Niso surasini o‘qiy boshladilar. So‘ngra Oli-Imron
surasini o‘qiy boshladilar. O’qiganlarida oxista, harflarini aniq qilib tilovat qilardilar. Agar
tasbeh oyati o‘tsa, tasbeh aytardilar. Agar so‘rash oyati kelsa, so‘rardilar.
Agar panoh
tilash oyati kelsa, panoh tilardilar. So‘ngra ruku’ qilib, unda «Subhona robbiyal aziym»,
deb aytdilar. Ruku’lari tik turishlariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra «Sami’allohu liman hamidah,