12-BOB
Umr oxirida yaxshiliklarni ko‘paytirishga targ‘ib qilish bayoni
Alloh taolo:
«Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr
bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi
(payg‘ambar)
ham kelgan edi-ku!»
(Fotir surasi, 37-oyat) deb aytgan.
Ibn Abbos va muhaqqiq olimlar « ... uzun umr bermaganmidik»ning ma’nosi oltmish
yil umr bermaganmidik»dir, deyishdi. Quyidagi zikr qiladigan hadisimiz bu ma’noni
quvvatlab keladi. Ba’zilar buni o‘n sakkiz yil, deyishdi. Yana boshqalar qirq yil, deyishdi.
Hasan, Kalbiy, Masruqlar Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagilarni naql qilishdi: «Madina
ahlidan birortasining yoshi qirqqa yetsa, o‘zini ibodat qilish uchun bag‘ishlar edi».
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
Ba’zilar balog‘at yoshi, deyishdi.
Ibn Abbos va jumhur ulamolar «Sizlarga ogohlantirguvchi ham kelgan edi-ku!»
oyatidan maqsad Rasululloh (s.a.v.)dirlar, deyishdi.
Ikrima, Ibn Uyayna va boshqalar bu oyatdan maqsad soch-soqolning oqarishidir,
deyishdi.
112/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo bir
kishiga oltmish yoshga yetgungacha ajalini kechiktirsa, uzr uchun (o‘rin) qoldirmadi»,
dedilar (ya’ni, shu muddatgacha muxlat beribdimi, demak, uzrga o‘rin yo‘q). Imom
Buxoriy rivoyatlari.
113/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Umar (r.a.) meni Badr ishtirokchilarining
katta yoshlilari bilan birga (huzurida bo‘ladigan majlisga) kiritdi. Go‘yoki ularning
ba’zilari ranjib: «Bolamiz tengqur bu bola nima uchun biz bilan kirmoqda?» deyishdi.
Umar (r.a.): «Ibn Abbos kim ekanini (ya’ni, Rasulullohga qarindosh va doim suhbatda
bo‘lganlarini) bilasizlarmi?» dedilar. Bir kuni Umar (r.a.) meni chaqirib, ular bilan
kirgizdilar. O’sha kuni faqat meni ularga ko‘rsatish uchungina shunday qildilar. Va:
«Allohning so‘zidagi «Iza jaa nasrullohi valfath» oyati haqida nima deysizlar?»
deganlarida, ba’zilar: «Agar nusrat berilib, bizga fath etilsa, Allohga hamd va istig‘for
aytishga buyurildik», deyishdi. Ba’zilar hech narsa demay sukut qilishdi.
Shu payt Umar (r.a.): «Ey Ibn Abbos, sen ham shunday deysanmi?» deganlarida,
«Yo‘q», deb aytdim. Umar: «Unda nima deysan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh
(s.a.v.)ning ajallaridir. Uni bu zotga bildirmoqda», dedim. (Ya’ni, «Agar Allohning nusrati
va fathi kelsa» - bu yetgan ajalning alomatidir, «Bas, Rabbingga hamd ayt va mag‘firat
so‘ra. Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir».) Umar (r.a.): «Sen aytgan
narsanigina bilaman, xolos», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
114/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Iza jaa nasrullohi
valfath» surasi tushganidan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsalar, unda «Subhanaka
robbana va bihamdika Allohumma ig‘firliy», ya’ni «Rabbimiz, Senga hamd aytish ila Seni
poklab yod etaman. Allohim, meni mag‘firat qilgin», deb aytardilar». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
«Sahihayn»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) ruku’ va sajdalarda
«Subhanaka, Allohumma robbana vabihamdika, Allohumma ig‘firliy» (ya’ni: «Allohim,
Seni poklab yod eturman. Rabbimiz, Senga hamd aytaman. Allohim, meni mag‘firat
qil»), deb aytardilar. Qur’onda shunday buyurilgani uchun bunga amal qilardilar. Ya’ni,
«Rabbingga hamd aytish bilan Uni poklab yod etgin va istig‘for ayt» oyatidan ta’vil
qilardilar», deyiladi.
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etishlaridan
oldin «Subhanaka va bihamdika astag‘firuka vaatubu ilayka», deb aytishni ko‘paytirdilar.
Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh, bu qanday kalimalarki, (aytmas edingiz) endi yangitdan
aytyapsiz-a?» desalar, u zot: «Mening ummatimga bir alomat qilindi. Agar uni ko‘rsam,
bu kalimalarni aytaman. O’sha alomat «Iza jaa nasrullohi valfathu» surasining
oxirigachadir», dedilar», deyilgan.
Boshqa yana bir rivoyatlarida Oishadan (r.a.) aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.)
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytirdilar.
Shunda men: «Ey Allohning rasuli, siz «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va
atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytiryapsiz-a?» desam, u zot: «Rabbim menga
ummatimda bir alomat ko‘rishimning xabarini berdi. Agar o‘sha alomatni ko‘rsam,
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi»ni aytishni ko‘paytirdim.
Haqiqatda men o‘sha alomatni ko‘rdim. U - «Iza jaa nasrullohi val fathu» surasining
oxirigacha ekan», dedilar».
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |