www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
halovat ila yashayotganini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda: «Bir kishi yo‘ldan o‘tayotib, o‘rtadagi daraxt shoxini (ko‘rib):
«Allohga qasamki, men buni musulmonlarga aziyat bermasligi uchun chetlashtiraman»,
deganida, u jannatga kiritildi», deyilgan.
Ikkovlarining boshqa bir rivoyatlarida: «Bir kishi keta turib yo‘lda tikonli shoxni ko‘rib,
uni chetga olib qo‘ydi. Alloh undan mamnun bo‘lib, gunohini kechirdi», deyilgan.
128/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim chiroyli
tahorat qilib, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib quloq tutsa, o‘sha juma
bilan keyingi juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun
orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim toshlarni ushlab (o‘ynasa), befoyda (lag‘v) ishni
bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
129/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar musulmon
yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan
suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan
barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki,
gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha
xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan
pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
130/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt
oralig‘idagi, jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bo‘lgan gunohlar, agar
kabirasidan chetlanilsa, kechiriladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.
131/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xatolarni o‘chirib,
darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha»,
deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga
qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu
narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
132/16. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
bomdod va asr namozlarini o‘qisa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
133/17. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar
banda kasal yoki musofir bo‘lib (bajarayotgan amallarini qila olmasa), unga muqim va
sog‘lomlik paytida amal qilganidek savob yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
134/18. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir yaxshilik
sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Muslim esa mana shu lafzdagi hadisni
Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilganlar.
135/19. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror musulmon kishi
ko‘chat o‘tqazadigan bo‘lsa, undan yeyilsa ham, o‘g‘irlansa ham, kamaytirilsa ham,
egasiga sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazsa va undan odamlar,
hayvonlar, qushlar yesa, egasiga Qiyomat kunigacha sadaqa bo‘ladi», deyilgan.
Yana bir boshqa rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazib va biron ekin eksa,
undan odamlar, hayvonlar va biror narsa yesa, egasiga sadaqa bo‘ladi», deyilgan.
Buxoriy va Muslimlar barchasini Anasdan f rivoyat qilishgan.
136/20. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Salama masjid yaqiniga ko‘chishni
xohlashganida, bu xabar Rasululloh (s.a.v.)ga yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlar
masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning
rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’z joylaringizni
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi. O’z joylaringizni
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», dedilar. Imom
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |