www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
Ma’nosi:
«Qachonki, Allohning yordami va g‘alabasi kelsa va odamlar to‘p-
to‘p bo‘lishib, Allohning dini
(Islom)ga
kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol
Parvardigoringizga hamd aytish bilan poklab yod eting va U Zotdan mag‘firat
so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir»
(Nasr surasi, 1-3-
oyatlar).
115/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh azza va jalla Rasululloh (s.a.v.)
vafotlaridan oldin vahiyni orqama-orqa tushirdi, hattoki Rasululloh (s.a.v.) vahiy ko‘p
tushib turgan paytda vafot etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
116/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir banda qanday
o‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatida qayta tiriltiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
13-BOB
Yaxshilikning yo‘llari ko‘p ekanligi bayoni
Alloh taolo:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh uni bilguvchidir»
(Baqara surasi,
215-oyat);
«Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi»
(Baqara surasi, 197-oyat);
«Bas, kim
(hayoti-dunyodalik paytida)
zarra misqolicha yaxshilik qilsa,
(Qiyomat
kunida)
o‘shani ko‘rur»
(Zalzala surasi, 7-oyat);
«Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun
(ya’ni, o‘z foydasiga qilgan)
bo‘lur»
(Josiya surasi, 15-oyat) deb aytgan.
117/1. Abu Zarr Jundub ibn Junodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning
rasuli, qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Allohga imon keltirish va Uning yo‘lida jihod
qilish», dedilar. «Qaysi qulni ozod qilish yaxshiroq?» desam, u zot: «Egalari huzurida
yaxshirog‘i va narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. «Agar bularni qila olmasam-chi?»
desam, u zot: «Hunarmandga yordam ber yoki hunari yo‘qni ish bilan ta’minla!» dedilar.
«Bu ishlarning ba’zisini ham qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Odamlarga yomonlik
qilishdan tiyilgin. Chunki u ham sendan bo‘lgan sadaqadir», dedilar». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
118/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardagi har bir
bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganida sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni,
«Subhonalloh»,
deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham
sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har
bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka
buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho)
paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga o‘zi kifoya qiladi», dedilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
119/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Menga ummatimning
yaxshi va yomon amallari ko‘rsatildi. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlanishini
yaxshi amallar sirasidan topdim. Masjidga balg‘amini tashlab ko‘mib qo‘yilmaganini
yomon amallar sirasidan topdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
120/4. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, badavlat
kishilar ajr olishda o‘zib ketishdi. Ular ham biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz
tutgandek ro‘za tutishadi. Va (kamiga) ehtiyojlaridan ortiqcha mollarini sadaqa ham
qilishadi», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Alloh sizlarga ham sadaqa qiladigan
narsalarni bermadimi? Albatta har bir tasbehingiz sadaqa, har bir takbiringiz sadaqa, har
bir hamdingiz sadaqa, har bir tahlilingiz sadaqa. Yaxshilikka buyurishingiz sadaqa.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |