www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
robbana lakal hamd», deb uzun tik turdilar. U tik turishlari ruku’lariga yaqin bo‘ldi.
So‘ngra sajda qilib «Subhana robbiyal a’lo», deb sajda qildilar. Sajdalari ham tik
turganlariga yaqin bo‘ldi». Imom Muslim rivoyatlari.
103/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kecha Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
namoz o‘qidim. U zot qiyomni uzun qilganlaridan yomon bir ishni qasd qildim (lekin uni
qilmadim)». «Qasd qilgan o‘sha narsa nima?» deb so‘ralganida, Ibn Mas’ud (r.a.):
«O’zim o‘tirishni qasd qilib, u zotni tik qoldirish edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
104/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’lgan odamga uch
narsasi - ahli, moli va amali ergashadi. Ikkitasi - ahli va moli qaytib kelib, amali (u bilan
birga) qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
105/11. Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat sizlardan
biringizning poyabzalining ipidan ham yaqindir. Do‘zax ham shu kabidir», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
106/12. Abu Firos Rabiy’a ibn Ka’b al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot
Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari hamda ahli suffalardan edilar.) «Men Rasululloh (s.a.v.)
bilan birga tunni o‘tkazib, u zotning tahorat va boshqa ehtiyojlariga suv tutardim. Bir
kuni u zot: «Mendan nima so‘raysan?» dedilar. Men: «Siz bilan jannatda hamroh
bo‘lsam», dedim. «Balki bundan boshqa narsa ham so‘rarsan?» dedilar. Men:
«O’shaning o‘zini so‘rayman», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, sajdani
ko‘paytirish bilan o‘zingga meni yordamchi qil», dedilar (ya’ni, sendan namoz, mendan
duo bo‘lib tursa, inshaalloh, maqsadingga yetishasan)». Imom Muslim rivoyatlari.
107/13. Savbondan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’zingga ko‘p sajda qilishni
lozim tut. Chunki Allohga biror sajda qilsang, U Zot o‘sha sajda sababli darajangni
ko‘tarib, xatolaringni o‘chiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
108/14. Abu Safvon Abdulloh ibn Busr al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Kishilarning yaxshisi umri uzun bo‘lib, amali chiroyli bo‘lganidir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
109/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Amakim Anas ibn Nazr (r.a.) Badr urushida
yo‘q edilar. Bu zot (kelib): «Ey Allohning rasuli, mushriklar bilan urushilgan avvalgi
jangda yo‘q edim. Agar Alloh mushriklar bilan bo‘ladigan urushda ishtirok etishimni
nasib qilsa, nima qilishimni Alloh kishilarga ko‘rsatur», dedilar. Qachonki, Uhud kuni
bo‘lib musulmonlar orqaga chekinishganida, bu zot: «Allohim, mana bular, ya’ni
sahobalar qilayotgan narsada kechirim so‘rayman. Mana bular, ya’ni mushriklar
qilayotgan narsada esa o‘zimni oqlayman», dedilar. Keyin oldinga yurib, yo‘lda Sa’d ibn
Muozga yo‘liqdilar. «Ey Sa’d ibn Muoz, Ka’baning Rabbisiga qasamki, men Uhud
tomondan jannat hidini topyapman», dedilar. Sa’d ibn Muoz: «Ey Allohning rasuli, u
qilgan narsani men qilishga qodir emas edim», dedilar. Ushbu hadis roviysi Anas (r.a.)
aytdilar: «Biz uning (badanida) sakson nechta ham qilich urilgan yo nayza sanchilgan
yoki kamon o‘qi otilgan va o‘lik hamda badani majruh etilgan holatda topdik. Uni hech
kim taniy olmadi. Faqatgina singlisi barmog‘idan tanib oldi. Bizning fikrimiz yoki
gumonimizga quyidagi oyat Anas ibn Nazr va u kishi kabilar haqida nozil bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |