bilmaydigan kimsalar ularning gapiga o‘xshash gap aytdilar.
I z o h .
Ya’ni Makkadagi mushriklar: «Muhammad haq emas», deyishdi.
Bas, ularning o‘zaro ixtilof qilib o‘tgan narsalari haqida Alloh qiyomat kunida
hukm qiladi.
114. Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va
ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor?
Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz edi-
ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa buyuk azob bordir.
115. Mashriq ham, mag‘rib ham Allohnikidir. Bas, qay tarafga yuz bursangiz,
o‘sha joy Allohning tarafidir. Shubhasiz Alloh (hamma tomonni) qamrab
olguvchi bilimdondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |