sizlarga nisbatan gina va adovatlari bordir. Ularning yomonligidan sizga (ey
Muhammad), Allohning o‘zi yetarlidir. U eshitguvchi, bilguvchidir.
138. Allohning rangi-la (ranginmiz).
I z o h .
Bu oyatdagi Allohning rangidan murod Allohning dinidir. Zero, xuddi kiyimning
ustida rangi ko‘ringani kabi mo‘min-musulmonlarda ham din alomatlari ko‘rinib turadi.
Allohdan ham go‘zalroq rang berguvchi bormi? Bizlar ungagina ibodat
qilguvchilarmiz.
139. Ayting (ey Muhammad), bizning ham, sizning ham Parvardigoringiz
bo‘lgan Alloh xususida biz bilan janjallashasizmi? Holbuki, bizning qilgan
amalimiz o‘zimiz uchun, sizning qilgan amalingiz o‘zingiz uchun-ku? Biz faqat
ungagina ixlos qo‘yuvchilarmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |