140. Yoki “Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub va o‘sha urug‘-avlod yahudiy yo
nasroniy bo‘lgan”, deysizmi? Ayting (ey Muhammad): “Ularning dinlarini sizlar
yaxshiroq bilasizmi yoki Allohmi? O’zi biladigan guvohlikni Allohdan yashirgan
kimsadan ham zolimroq odam bormi? Alloh qilayotgan ishlaringdan g‘ofil
emas”.
I z o h.
Tavrot va Injilda yuqorida mazkur bo‘lgan Payg‘ambarlarning yahudiy ham,
nasroniy ham bo‘lmaganliklari ochiq-ravshan aytilgan ekan. Yahudiylar ham, nasroniylar
ham mana shu haqiqatni bilib turib yashirganlari uchun yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |