uchun mas’ul bo‘lmaysiz.
135. Yahudiy yoki nasroniy bo‘ling, hidoyat topasiz, dedilar. (Ya’ni, yahudiylar
yahudiy bo‘ling, dedi, nasroniylar nasroniy bo‘ling, dedi). (Ayting: Ey
Muhammad), balki biz haq yo‘ldan toyilmagan, mushriklardan bo‘lmagan
Ibrohim diniga ergashamiz.
136. Aytingiz (ey mo‘minlar), Allohga va bizga nozil qilingan kitobga va
Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qubga va o‘sha urug‘-avlodga nozil qilingan
narsalarga, Muso va Iysoga berilgan narsalarga va barcha payg‘ambarlarga
Parvardigor tarafidan berilgan narsalarga ishondik. Biz ulardan birortasini
ajratib qo‘ymaymiz va biz u zotga (Alloh taologa) bo‘yinsunuvchilarmiz.
137. Endi agar ular (ya’ni, axli kitoblar) sizlar iymon keltirgan narsalarga
iymon keltirsalar, haq yo‘lin topibdilar. Agar yuz o‘girsalar, u holda, shubhasiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |