104. Ey mo‘minlar, «Ro’ino» demang. «Unzurno» denglar.
I z o h.
Arab tilida har ikki so‘z «Bizga boqqin, qaragin» degan ma’noni anglatadi.
Payg‘ambar alayhis-salom Qur’on oyatlarini tilovat qilib berayotganlarida, mo‘minlar u
kishiga: «Bizlarning holimizni rioya qilgin va oyatlarni shoshmasdan qayta-qayta
o‘qigin», degan ma’noda «Ro’ino» der edilar. Lekin yahudiylar «ro’ino» so‘zining rioya
qilmoq, boqmoq degan o‘zakdan chiqqanini bilganlari holda ko‘ngillari buzuqligi sababli
«ruunat — yengiltak bo‘lmoq» degan o‘zakdan chiqadigan so‘zga o‘xshatib talaffuz
qildilar. Shuning uchun Alloh taolo mo‘minlarga bu so‘zni ishlatmaslikni amr qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |