fosiqlargina kofir bo‘ladilar.
100. Har qachon biron ahdga ahdlashsalar ulardan bir guruhi buzaveradimi?
Haqiqatan ularning ko‘pi iymonsizlardir.
101. Qachon ularga Allohning huzuridan o‘zlaridagi narsani tasdiq etuvchi
Payg‘ambar kelsa, kitob (Tavrot) berilgan kimsalardan bir guruhi Allohning
kitobini (Qur’oni Karimni) hech narsa bilmagandek orqalariga otadilar.
102. Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar.
Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir
edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga
ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni
aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib)
Do'stlaringiz bilan baham: |