87. Albatta Biz Musoga kitob ato etdik. Undan keyin ham payg‘ambarlar
yubordik. Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-quds (Jabroil) ila
quvvatlantirdik. Har qachon bir Payg‘ambar sizlarga yoqmaydigan narsa
(oyatlar) bilan kelsa, birovini yolg‘onchi deb, birovini o‘ldiraverasizlarmi?
88. «Dilimiz berk», dedilar. Yo‘q, aksincha, kufrlari sababli ularni Alloh
la’natlagan. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.
89. Qachonki ularga Allohning huzuridan o‘zlarida bor narsani (Tavrotni) tasdiq
etuvchi kitob kelganda – holbuki, ilgari kofirlarga qarshi o‘sha kitobdan yordam
kutardilar — bas, qachonki ularga o‘zlari bilgan narsa kelganda unga kofir
bo‘ldilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lgay.
90. Alloh bandalaridan xoxlagan zotga o‘z fazlu karami bilan (vahiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |