108. Yoki Payg‘ambaringizdan, ilgari Musodan so‘ralgan narsalarni so‘rashni
istaysizmi (ey mo‘minlar)? Kim iymonga kufrni almashtirsa, albatta to‘g‘ri
yo‘ldan adashadi.
109. Ahli kitoblarning ko‘pchiligi sizlarni, iymonli bo‘lganingizdan keyin (ya’ni
hozir), ularning o‘zlariga ham haqiqat ochiq ravshan bo‘lganidan keyin hasad
qilganlari sababli kufrga qaytarishni istaydi. Bas, Allohning farmoni kelgunicha
ularni afv qiling va kechiring. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.
110. Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering! O’zingiz uchun nima yaxshilik
qilgan bo‘lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Shubhasiz Alloh qilgan
amallaringizni ko‘rib turguvchidir.
111. «Jannatga faqat yahudiy yoki nasroniy bo‘lganlar kiradi», deyishdi. (Ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |