116. «Allohning bolasi bor», dedilar. U zot bularning badgumonidan mutlaqo
pokdir. Balki yer va osmonlardagi narsalar u zotga tegishlidirki, hammasi unga
bo‘yinsunadi.
117. (U) yeru osmonlarni paydo qilguvchidir. Biror ishni hukm qilsa unga
faqatgina «Bo‘l» deydi, xolos. Bas, u ish bo‘ladi.
118. Bilmaydigan kimsalar: «Alloh bizga gapirsa edi yoki biror alomat kelsa
edi», deydilar. Ulardan ilgarigilar ham ularniig gaplariga o‘xshash gaplarni
aytishgan edi. Dillari bir-biriga o‘xshaydi. Biz aniq ishonadigan qavm uchun
oyatlarni aniq bayon qildik.
119. Albatta Biz sizni haq (din) bilan xushxabar eltguvchi va ogoxlantiruvchi
qilib yubordik. Do‘zaxilar xususida siz mas’ul emassiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |