Va (Allohning amr-nahiy-farmon-ta’qiqlariga) quloq soling! Kofirlar uchun
alamli azob bor.
105. Na axli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) dan bo‘lgan kofirlar va na
mushriklar sizga Parvardigoringiz tarafidan bir yaxshilik (ya’ni vahiy)
tushishini istamaydilar. Alloh esa rahmat-marhamatini o‘zi xohlagan kishilarga
xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
106. (Ey Muhammad), biron oyatni bekor qilsak yoki yodingizdan chiqarsak,
undan yaxshirog‘ini yoki o‘shaning mislini keltiramiz. Alloh har narsaga qodir
zot ekanini bilmadingizmi?
107. Yeru osmonlar yolg‘iz Allohning mulki ekanini va sizlar uchun Allohdan
o‘zga biron do‘st yo yordam berguvchi yo‘q ekanini bilmadingizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |