kishilar ham bor.
114. (O’sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi
amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga
shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar.
115. Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya’ni zoe bo‘lmaydi). Alloh
taqvodorlarni bilguvchidir.
116. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan
bo‘ladigan (azobdan) qutqara olmaydi. Ana o‘shalar jahannam egalari bo‘lib,
o‘sha joyda abadiy qolajaklar.
117. Ular bu dunyoda (xo‘jako‘rsinga) qilgan infoq-ehsonlarining misoli xuddi
dinsizlik bilan o‘zlariga zulm qilgan qavmning ekiniga tegib, uni halok qilgan
sovuq shamolga o‘xshaydi. Ularga Alloh zulm qilmadi. Balki ular o‘zlariga zulm
qildilar.
I z o h .
Ya’ni xuddi egalari kofir bo‘lganlari kasofati bilan ekinlarni sovuq urib
ketganidek, riyo bilan qilingan yaxshilikdan ham hech qanday foyda yo‘qdir. Har qanday
yaxshilik Alloh yo‘lida, xolis niyat bilan qilinsagina undan ajr, savob kutish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |