ZILZILAVIY HUDUDLARDA TURAR-JOY VA JAMOAT BINOLARINI LOYIHALASH
REJA:
1. Zilzilaning kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va halokatli
oqibatlari.
2. Zilzilaning inshootlarga ko’rsatadigan kuchini o’rganish va baholash.
3. Inshootlarni zilzilaga nisbatan zilzilabardoshligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
4.Zilzila vaqtida aholi harakati.
Zilzilaning kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. Zilzila – er ichki harakatlari natijasida uning yuzasida paydo bo’ladigan tebranma harakat. Zilzila tabiiy ofatlar ichida odamlarning halok bo’lishi, etkazilgan zarar, egallagan hududi va himoyalash tadbirlarining qiyinligi bilan ajralib turadi. Vayron qiluvchi kuchga ega birgina zilzila natijasida bir necha minglab odamlar halok bo’lishi, yuz mln. dollorlab moddiy zarar etkazishi mumkin. Masalan, 1556 yil 23 yanvarda Xitoy hududida sodir bo’lgan zilzila natijasida 830000 inson nobud bo’lgan bo’lsa, 1755 yil 1noyabr Lissabonda (9 ball)sodir bo’lgan zilzila 60 ming kishining hayotiga zomin bo’lgan. Oxirgi 50 yil ichida bo’lib o’tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko’ra Chili, San-Franstisko, Tokio, Ashxabod va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashxabod (100 ming odam halok bo’lgan, 8—9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojia Spitak zilzilasi nomini (unda 50 ming odam halok bo’lgan) oldi. U 1988 yili 7 dekabr kuni sodir bo’ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o’zida 16 ming aholisi bo’lgan Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar bugunlay yakson bo’ldi. 200 mingli Leninakan shahridagi zamonaviy binolarning to’rtdan uch qismi er bilan yakson bo’ldi.
San-Franstiskoda 1906 yil 18 apreldagi er qimirlashida 700 aholi halok bo’lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Ikki kun yong`in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib, hech narsa qolmagan, hammasi bo’lib 350 ming kishi halokatga uchragan.
Eng kuchli zilzila O’zbekistonda 1902 yilda (8-9 ball) Andijonda, 1946 yilda Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1868 va 1966 y. (7-8 ball), Gazlida 8-10 ball, Tojikistonda 1907 y., Hisorda (9-10 ball), 15 ga yaqin qishloqlar xonavayron bo’lgan, 1000 ga yaqin odam nobud bo’lgan. 1911 yilda Pomirda Sarez zilzilasi natijasida tog` o’pirilib, Usoy degan to’g`on hosil qilgan. Murg`ob daryosini to’sib qolib, Sarez degan ko’l paydo bo’lgan.
Zilzila qisqa vaqt oralig`ida sodir bo’lsada, o’zining vayronkor kuchi bilan insoniyatga juda katta talofotlar etkazadi. Misol uchun 1906 yilda San-Franstiskoda bo’lib o’tgan zilzila 40 soniya davom etgan bo’lsa, 1964 yil Alyaskada sodir bo’lgan zilzila 3 daqiqa davom etgan.
Quyida zilzilaning ko’rinishi tasvirlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |