1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
2-3-4. Hamdu sano butun olamlar Xojasi, Mehribon va Rahmli, jazo (qiyomat)
kunining Egasi — Podshohi bo‘lmish Alloh uchundir.
I z o h.
Maqtov-olqishga haqdor bo‘lish uchun bashar olamiga podshoh bo‘lishning
o‘zigina kifoya qilmaydi. Balki koinotdagi barcha sayyoralar va ulardagi bor jonli-jonsiz
mavjudotning hammasi ustidan ilmu hikmat va rahm-shafqat bilan egalik qiladigan,
bundan tashqari, oxiratdagi hisob-kitob kunida ham yagona podshoh bo‘lgan Alloh
taolonig O’zigina hamdu sanoga loyiq zotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |