shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir.
I z o h.
Qur’onda asalari, chivin, o‘rgimchak, chumoli kabi mayda jonivorlarning ibratli
tomonlarini ko‘rsatib beradigan masallar kelganida, ba’zi birovlar: «Bu kitob ilohiy kitob
bo‘lganida bunday mayda-chuyda hasharotlar haqida gapirilmagan bo‘lardi», deyishdi.
Shunda Tangri taolo o‘sha hasharotlarni yaratishga uyalmagani, binobarin ularni misol
qilishdan ham hech qachon or qilmasligini bayon etib, mazkur oyatlarni nozil qildi.
«Allohning aniq ko‘rsatmalari» — Muhammad payg‘ambarning kelishi va unga iymon
keltirish lozimligi Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarda ham aniq ko‘rsatilgan edi.
«U bog‘lanishiga buyurgan narsalar» — ota-onaga oq bo‘lmasdan ularning rizoligini
olish, qarindosh-urug‘chilik rishtalarini mahkam tutish va boshqa mo‘min-musulmonlar
bilan mehr-oqibatli bo‘lish kabilardir. «Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurish» - odamlar
orasida fitna-fasod qo‘zg‘ash, iymon-e’tiqod yo‘llariga to‘sqinlik qilish va boshqa buzuq
ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish, degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |