guvohlaringizni chaqiring – agar rostgo‘y bo‘lsangiz.
24. Endi agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda
odamlar va toshlar o‘tin bo‘ladigan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan
do‘zaxdan qo‘rqing.
I z o h.
Kufr ahli uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zax zikr qilingandan keyin ahli iymon
uchun mukofot qilib beriladigan jannat ta’riflanadi. Zotan Qur’onning uslubi shunday:
yomon bilan yaxshi, do‘zax bilan jannat, rohat bilan azob, xitob bilan itob (tanbeh)
aksari hollarda yonma-yon zikr etiladi.
25. Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga xushxabar beringki, ular
uchun ostlaridan daryolar oqib turuvchi bog‘lar bor. Qachon o‘sha bog‘larning
biror mevasidan bahramand bo‘lsalar, «Ilgari tatib ko‘rgan narsamiz-ku»,
Do'stlaringiz bilan baham: |