Mavzu: Lutfiy g’azallari Дars shiori: Hamisha yaragil xalq xizmatiga



Download 17,76 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17,76 Kb.
#330056
Bog'liq
Mavzu Lutfiy g’azallari Дars shiori Hamisha yaragil xalq xizma

Mavzu:Lutfiy g’azallari

Дars shiori:Hamisha yaragil xalq xizmatiga,

Bezak bo’l olam-u odam zotiga

“Aql charxi” usuli

1-guruh


1..’’Gul va Navro’z’’dostoni muallifi kim?

2.Lutfiy merosining umumiy miqdori necha bayt?

3.Lutfiyning g’azal janri namunalari necha foizni tashkil etadi?

2-guruh.


1.’’Xoh inon,xoh inonma’’ g’azalining 5-baytda qaysi she’riy san’at ishlatilgan?

2.’’Xoh inon,xoh inonma’’ g’azaliga kim o’xshatma yozgan?

3.Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma yozgan?

3-guruh.


1.Lutfiyga qanday ta’rif berilgan?

2.A.Navoiy qaysi asarida Lutfiyni’’malik ul-kalomi erdi’’deb ta’rif bergan?

3.Lutfiy vafot etganda Navoiy necha yoshda edi?

G’azal--- “oshiqona so’z”,ayollarni maqtash,ta’rif –tavsiflash demakdir

Radif--- misra oxirida takrorlanuvchi so’z

Qofiya—misralardagi ohangdosh so’zlar

“Xoh inon,xoh inonma…’’g’azali

Sensan sevarim,xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim,xoh inon,xoh inonma.

Hijron kechasi charxi falakka yetar,ey moh,

Ohi saxarim, xoh inon,xoh inonma.

Haqqoki,qilich kelsa boshimg’a eshikingdin,

Yo’qtur guzarim,xoh inon,xoh inonma.

Usruk ko’zing ashkolina har gah nazar etsam,

Qolmas xabarim, xoh inon inonma.

Yo’qub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz

Nuri basarim,xoh inon, xoh inonma.

Oy yuzungg’a ko’z solg’ali o’zga kishi birla

Yo’qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Ishq o’tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,

Ey siymbarim,xoh inon, xoh inonma.

O’quvchilar g’azalni ifodali aytadilar

Tarqatma savollarga javoblar

G’azalga ta’rif bering/

“Xoh inon,Xoh inonma…”g’azalidagi qofiyadosh so’zlar qaysilar?

G’azalning radifi

Radif nima?

Qofiyasi: sevarim,jigarim, saxarim,guzarim,xabarim,basarim, nazarim,siymbarim

Radifi: “ xoh inon,xoh inonma”

Inon------ishon

Talmeh--- she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga ishora qilish,mashur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish

“Ayoqingg’a tushar har lahza gisu…”

Ayoqingg’a tushar har lahza gisu,

Masaldirkim:”Charog’ tubi qorong’u”.

Tuturmen ko’zki,ko’rsam orazingni,

Ki derlar:”Oqqan ariqqa oqar suv.”

Yuzungni tuttim ortuq oy-u kundin,

“Kishining ko’zidir, ore ,tarozu”.

Ko’zing qonimdin iymanmas, ajabtur,

Ki:”Qo’rqar,qaydakim qon ko’rsa,hindu”.



Tilar vaslingni ,Lutfiy,qil ijobat,

Ki ayturlar :”Tiloganni tilogu”.
Download 17,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish