15. Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib
yurishlarini davomli qiladi.
16. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu
savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar.
17. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Endi olov atrofini
yoritganida Alloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rolmaydigan
holda zulmatlarda qoldiradi.
18. (Ular) kar, soqov, ko‘rdurlar, demak (yo‘llaridan) qaytmaydilar.
19. Yoki ular chaqmoq, momoguldurak, qorong‘uliklar bilan osmondan
quyayotgan yomg‘ir ostida yashindan qo‘rqqanlaridan panjalarini quloqlariga
tiqib olgan hollarida o‘lim — halokatdan qochmoqchi bo‘lib turgan kimsalar
Do'stlaringiz bilan baham: |