122. O’sha payt sizlarning orangizdan ikki guruh umidsizlikka tusha boshladi.
Holbuki, Alloh ularga yor edi. Bas, mo‘minlar yolg‘iz Allohgagina suyansinlar!
I z o h .
Payg‘ambar alayhis-salom Uxud jangiga ming kishilik lashkar bilan chiqdilar.
Dushman qarorgohiga yaqinlashganlarida (ularning sanog‘i uch mingta edi) musulmonlar
orasiga kirib olgan Abdulloh ibn Ubay otli munofiq uch yuz nafar askar bilan jang
maydonidan qochib keta boshladi. Buni ko‘rgan Banu Salama va Banu Xorisa qabilasidan
bo‘lgan musulmonlar ham qaytmoqchi bo‘ldilar, lekin Tangrining inoyati bilan bu
qasdlaridan voz kechdilar.
123. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo‘lsangiz-da, sizlarni g‘olib qildi-ku. Bas,
Do'stlaringiz bilan baham: |