1. Muhammad payg‘ambar qachon va qaerda dunyoga keldi?
Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar.
2. Islom dinining asosiy aqidasi nimalardan iborat?
SHu bilan bir qatorda Madina diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladilar. Diniy masalalarga oydinlik kiritishga yahudiy qabilalari bilan bo‘lgan mojarolar albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Qiblaning Quddusdan Makkadagi Ka’baga o‘zgartirilishi, ahl al-kitobga (yahudiylar, xristianlar, sobiylar) ahl az-zimma (musulmon davlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavqei berilishi va islomda arabiy unsurlarning kuchayishi shu voqealar bilan bog‘liqdir. Payg‘ambar Umma hayotini ko‘p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo‘lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahy orqali kiritildi. Bu masalalarda biz Madina davlatini teokratik davlat deb atashimiz mumkin.
3. YAngi din da’vati taxminan qachon boshlandi?Muhammad payg‘ambarning Madinaga ko‘chib o‘tishi rabi’ al-avvalning 8-kuni, milodiy 622 yil 20 sentyabrda yuz berdi.
4. 622 yildagi Hijraning mohiyati nimalardan iborat?
5. Makka va Madina davrlaridagi dinga da’vat mavzularida qanday asosiy farqlar bor?
6. Ilk islom davrida din va siyosat masalalari qay darajada bog‘liq bo‘lgan?Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo‘shinlari va makkaliklar o‘rtasida Badr jangi bo‘ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo‘lida joylashgan Badr qudug‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g‘alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so‘ng Umma mavqei Madina ahli orasida beqiyos o‘sdi. SHu davrdan boshlab Muhammad payg‘ambar etakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. Madina ichidagi Payg‘ambar muxoliflari munofiqun nomini oldi. Barcha arab qabilalari mushrik deb e’lon qilindi. Ular yoki islom dinini qabul qilishlari yoki ochiq maydonga jangga chiqishlari shart edi. Bu jamoa-davlat qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzish orqali turli arab qabilalari va qabilalar ittifoqlarini o‘z hukmiga bo‘ysindira boshladi. Bo‘ysingan qabilalar har yili jonivorlari hisobidan Madina davlatiga Umma-davlat xarajatlari uchun sadaqa (mol to‘lovi) bermoqlari lozim edi. Sadaqa bermaganlarga qarshi harbiy yurishlar tashkil etilardi. O‘ljadan to‘lovga o‘tish (Makkaning fathidan so‘nggi davrda) davlatning shakllanishi haqida dalolat beradi.