7. Kofir bo‘lgan kimsalar o‘zlarining hech qachon qayta tirilmasliklarini gumon-
da’vo qildilar. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Yo‘q! Parvardigorimga
qasamki, albatta qayta tirilursizlar, so‘ngra albatta sizlarga qilgan
amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir».
8. Bas, sizlar Allohga, Uning payg‘ambariga va Biz nozil qilgan Nurga –
Qur’onga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
9. (Alloh) sizlarni to‘playdigan to‘planish Kunini (eslangiz)! Bu (odamlar) bir-
birlarini «aldab-ziyon yetkazadigan» Kundir (ya’ni, hayoti dunyoda iymon
egalarini aldab-ziyon yetkazib yurgan kofirlar u Kunda do‘zax azobiga duchor
qilinish bilan o‘zlarining aldangan kimsalar ekanliklarini bilib olurlar). Kim
Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa (Alloh) uning yomonlik-gunohlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |