U sizlar uchun Yerni «poyandoz», osmonni «bino» qilib qoʻydi va osmovdan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar (mevali daraxtlar)ni undirdi. Bas, bilib turib, Allohga (ibodatda) boshqa (soxta maʻbuda)larni tenglashtirmangiz! («Baqara» surasi, 22-oyat)
Bu oyatda osmon «as-samaaʻ binaaʻ» deb tasvirlangan. «Gumbaz» yoki «shift» maʻnolarini ham anglatadigan bu soʻz badaviylar tomonidan ishlatilgan chodirga oʻxshab ketuvchi boshpanani ham tasvirlaydi. Osmonni chodirga oʻxshash bino deb tasvirlash bilan Qurʻon uning tashqi elementlarga qarshi himoya shakli ekanligiga urgʻu bermoqda.
Hattoki biz bexabar boʻlsak-da, koʻp sonli meteoritlar xuddi boshqa sayyoralarga tushgani kabi, bizning Yerimizga ham tushadi. Bu meteoritlar nima uchundir boshqa sayyoralarda ulkan kraterlar yasaydi-yu, bizning Yerimizga kelganda biror zarar yetkazmaydi. Bunga asosiy sabab - Yerning meteorit tushishiga qattiq qarshilik koʻrsatishidadir. Meteorit bu qarshilikka uzoq bardosh bera olmaydi va ishqalanish taʻsirida yonib ketishi bilan oʻzining katta miqdordagi massasini yoʻqotadi. Ogʻir musibatlarga giriftor qilishi mumkin boʻlgan xavf, atmosferaning mavjudligi tufayli shu yoʻsinda bartaraf etiladi. Atmosferaning himoyalovchi xislati bilan bogʻliq yuqorida qayd etilgan oyatlarga qoʻshimcha ravishda, eʻtiborimizni quyidagi oyatda tasvirlangan ataylab yaratilganlikka qaratamiz:
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini hamda oʻzi osmonni Yerga iznisiz qulab tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehribon va rahmlidir. («Haj» surasi, 65-oyat)
Bundan oldingi boʻlimlarda muhokama qilingan atmosferaning himoyalovchi xislati Yerni kosmosdan, boshqacha aytganda, tashqi elementlardan asraydi. Yuqoridagi oyatda osmonga ishora qiluvchi «gumbaz» soʻzi bilan bizning eʻtiborimiz Paygʻambarimiz (s.a.v.) davrida bilishning imkoni boʻlmagan osmonning bu jihatlariga qaratiladi.
Bu maʻlumotlarning 1400 yil avval, hali kosmik kemalar va bahaybat teleskoplar boʻlmagan bir paytda, Qurʻonda aytilishi shu narsadan dalolat beradiki, Qurʻon hamma narsani bilguvchi Parvardigorimizning soʻzidir.
Har yili dekabr oyining ikkinchi haftasida Geminid meteorit yomgʻirining eng kuchaygan payti kuzatiladi. Fotosuratdagi qisqa chiziqlar yulduzlarga tegishli izlardir; uzunroq chiziqlar esa meteoritlarga tegishli. Suratda koʻrinib turgan yomgʻirdagi meteoritlar soatiga 58 tagacha tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |