o‘chirur va uni ostidan daryolar oqib turadigan, (barcha jannat axli) abadul-
abad qoladigan jannatlarga kiritur. Bu esa ulug‘ baxtdir.
10. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar — ana
o‘shalar do‘zax egalari bo‘lib, o‘sha joyda mangu qolguvchidirlar. Naqadar
yomon oqibat (bu)!
11. (Biron kimsaga) biron musibat yetmas, magar Allohning izni-irodasi
bilangina (etur). Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini (to‘g‘ri yo‘lga)
hidoyat qilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.
12. Allohga itoat etingiz va payg‘ambarga bo‘ysuningiz! Endi agar (itoatdan)
bosh tortsangaz, u holda (bilingizki), payg‘ambarimiz zimmasida faqat (Bizning
vahiylarimizni sizlarga) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |