15. Sizlarning mol-mulklaringaz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-
imtihondir, xolos. Ulug‘ ajr-mukofot esa yolg‘iz Allohning huzuridadir.
16. Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar, (o‘zlaringizga
qilinayotgan pand-nasihatga) quloq tutinglar va itoat etinglar hamda infoq-
ehson qilinglar, (mana shu) o‘zlaringiz uchun yaxshiroq bo‘lur. Kim o‘z
nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchidirlar.
17. Agar sizlar Allohga qarzi-hasana bersangizlar (ya’ni Uning miskin-bechora
bandalariga infoq-ehson qilsangizlar) U zot sizlarga bir necha barobar qilib
qaytarur va sizlarni(ng gunoxlaringizni) mag‘firat qilur. Alloh o‘ta shukr
qilguvchi (ya’ni, ozgina yaxshi amal uchun ko‘p mukofot ato etguvchi) va
halimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |