Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet21/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ayting (ey, Muhammad): "Bizning ham, sizning ham Rabbingiz bo'lmish Alloh haqida biz bilan tortishasizmi?! Bizning a'mollarimiz - bizga, sizning a'mollaringiz - sizga. Biz faqat Ungagina ixlos qiluvchilarmiz".




  1. Yoki sizlar (Isroil avlodi): "Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodi (hammasi) yahudiy yoki nasroniy bo'lgan" deysizmi? Ayting (ey, Muhammad): "(Ularning dinlarini) sizlar biluvchiroqmi yoki Allohmi? Guvohlikni Allohdan yashirgan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.




  1. Ular o'tib ketgan ummatdir. Ularning qilgan a'mollari (ishlari) o'zlariga, sizlarning qilgan a'mollaringiz o'zingizgadir. Sizlar ularning qilmishlari uchun javob bermaysizlar.

IKKINCHI JUZ'
***************************



  1. Odamlarning nodonlari: "Ular (musulmonlar) ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni to'g'ri yo'lga boshlaydi".



Izoh: Musulmonlarning qiblasi hijratgacha Baytul-Maqdis edi. Qibla Makka shahridagi Ka'ba tomonga o'zgargandan keyin yahudiylar, mushriklar va munofiqlar ta'na toshini otdilar. Buning javobiga Alloh taolo hamma tomon O'zining qo'lida, qiblani o'zgartirgan bo'lsa, bu Uning ishi deb bilish zarurligini bayon qilmoqda.



  1. Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik). Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.



Izoh: O'rta ummat - ummatlarning yaxshisi demakdir. Zero, "Har bir narsada o'rta hollik yaxshidir" degan hikmatli so'zga hech kim e'tiroz bildirgan emas. Yana bir ma'nosi - qiblalaringni Yer kurrasining o'rta qismida qilganimdek, o'zlaringni ham o'rtahol ummat qildim. Ya'ni, yahudiylardek Maryamni zinokorga ham chiqarmaydigan, nasroniylardek Isoni Allohning o'g'li deb ilohiylashtirmaydigan o'rta, adolat maqomida bo'lursizlar. Yana boshqacha ta'villar ham bor. Boshqa odamlarga, ya'ni ummatlarga guvoh bo'lishingiz, degan oyatning ta'vili shukim, qiyomat kuni boshqa payg'mbarlarning ummatlari o'z payg'mbarlarini tan olmasdan: "Bizga Allohni tanitmagan, buyruqlarini yetkazmagan", - deb da'vo qilar ekanlar. Shunda Alloh taolo Muhammad (a. s.) ummatidan so'raganda: "Biz guvohlik berurmizki, o'tgan hamma payg'mbarlar Allohning buyruqlarini o'z ummatlariga mukammal yetkazganlar", - der ekanlar. "Sizlar buni qayerdan bilursizlar?" - deyilganda, ular: "Bizga Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Qur'on orqali yetkazganlar" - deb Rasulullohni guvoh qilib ko'rsatar ekanlar. Oyat mazmuni shu ta'vilni taqozo etadi.


Izoh(a): Alloh taoloning qiblani o'zgartirishi sabablaridan biri - chin mo'minlarni sinash ekanligi bayon qilinmoqda. Zero, shu voqeadan keyin ko'p munofiqlar asl qiyofalarini ko'rsatib, dindan qaytib ketdilar. Payg'mbarga ergashib, uning yuzlangan qiblasiga hech ikkilanmay o'girilganlarning chin musulmon ekanligi ayon bo'ldi. Qiblani qayta tikladik, deb izoh berilishining boisi, Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Makkada dastlab Ka'baga qarab namoz o'qir edilar. Madinaga hijrat qilgan birinchi kunlarida Baytul-Maqdis tomoniga qarab o'qishga buyurildilar. Bundan yahudiylar mamnun bo'lib yurdilar. So'ngra qibla yana Ka'baga ko'chirildi. Bu Allohning irodasi bilan bo'lgach, haqiqiy mo'minlar e'tirof etdilar, munofiqlar esa fosh qilindilar.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish