Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xos ekani va sizlar uchun Allohdan boshqa biror do'st



Download 0,82 Mb.
bet18/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xos ekani va sizlar uchun Allohdan boshqa biror do'st yoki yordamchi yo'q ekanini bilmas edingizmi?!




  1. Yoki (ey, mo'minlar,) ilgari Musodan so'ralganidek, payg'mbaringizdan ham so'rashni xohlaysizmi? Kim imonni kufrga almashtirsa, to'g'ri yo'ldan adashishi muqarrardir.




  1. Ahli kitoblarning ko'pchiligi, imon keltirganingizdan keyin va ularga haqiqat ravshan bo'lgandan so'ng ham hasad yuzasidan sizlarni (yana) kufrga qaytarishni istaydilar. Bas, Alloh O'z amrini keltirguncha ularni afv etib, (xatolaridan) o'ting. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.




  1. Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.




  1. Ular: "Jannatga faqat yahudiy yoki nasroniy bo'lganlar kiradi", - dedilar. Bu ularning orzulari. Ayting (ularga): "Agar rostgo'y bo'lsangiz, dalilingizni keltiring!"



Izoh: Ya'ni, yahudiylar: "Faqat biz kiramiz", - desalar, nasroniylar: "Ular emas, biz kiramiz",-der edilar.



  1. Yo'q, kimki yuzini (o'zini) Allohga bo'ysundirsa, Rabbi huzurida unga ajr muhayyodir. Ularga xavf ham yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.




  1. Yahudiylar: "Nasroniylar hech narsada yo'q" - desalar, nasroniylar: "Yahudiylar hech narsada yo'q" - deydilar, vaholanki, ular (har ikki toifa) kitob o'qiydigan (savodxon) edilar. Shuningdek, (o'qishni) bilmaydiganlar (boshqa soxta dinlarga mansub kimsalar) ham ularning gapiga o'xshash gapni aytdilar. Ularning (bu kabi) kelisha olmagan narsalari yuzasidan qiyomat kuni Alloh hukm qilur.



Izoh: Ya'ni, har ikki tomon bir-birlarining dinlarini inkor etadilar.



  1. Allohning masjidlarida Uning nomi zikr etilishiga qarshilik qiladigan va ularni xarob qilishga urinuvchilardan kim ham zolimroqdir?! Axir, bu (kabi) kimsalar uchun u yerlar (Ka'ba yoki Baytul- Maqdis)ga faqat qo'rqqan hollaridagina kirishlari mumkin edi. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa, buyuk azob (bordir).




  1. Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, o'sha tomonda Allohning "yuzi" mavjuddir. Albatta, Alloh (fazli) keng, dono zotdir.




  1. "Allohning farzandi bor", - dedilar. U (Alloh) esa (ularning iddaosidan) pok zotdir. Balki, osmonlar va Yerdagi narsalar Uning mulkidir. Hamma(si) Unga bo'ysunuvchidir.



Izoh: Yahudiylar: "Uzayr (a. s.)ni Allohning o'g'li", - degan bo'lsalar, nasroniylar: "Iso (a. s.) Allohning o'g'li",
- dedilar.



  1. (U) Yeru osmonlarning Yaratuvchisidir. Biror ishni qiladigan bo'lsa, (faqatgina unga) "Bo'l!" desa, bas, u bo'ladi.




  1. Bilmaydigan (nodon) kimsalar: "Alloh bizga (bevosita) gapirsa edi yoki biror alomat kelsa edi", - deydilar. Ulardan oldingilari ham ularning gaplariga o'xshash gaplarni aytgan edilar: dillarida o'xshashlik bor. Biz chinakam ishonadigan kishilar uchun oyatlarni bayon qildik.




  1. Albatta, Biz Sizni haq bilan (Qur'on, tavhid, Islom bilan) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Do'zax ahli uchun Siz javobgar bo'lmaysiz.




  1. Yahudiy va nasroniylar, to ularning dinlariga kirmaguningizcha, Sizdan sira rozi bo'lmaydilar. Ayting: "Allohning yo'li to'g'ri yo'ldir". Qasamki, agar Sizga kelgan (to'g'ri) ma'lumotlardan keyin ham ularning xohishlariga ergashsangiz, Alloh tarafidan Sizga biror do'st ham, yordam beruvchi ham yo'qdir.




  1. Biz kitob (Tavrot, Injil yoki Qur'on) bergan kishilar (mo'minlar) uni to'g'ri (buzmay) tilovat qiladilar. Ular unga (Muhammadga va Kitobga) imon keltiradilar. Kim uni inkor etsa, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir.

  2. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni va sizlarni (butun) olamlar uzra afzal qilganimni eslangiz!




  1. Birov biror narsada o'zganing o'rniga o'ta olmaydigan, (gunohkor uchun) badal ham olinmaydigan, unga shafoat ham foyda bermaydigan hamda ularga yordam ham berilmaydigan kun (qiyomat)dan qo'rqingiz!




  1. Eslang: Ibrohimni bir necha so'zlar bilan Rabbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi. Shunda (Alloh): "Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman", - dedi. (Ibrohim) "Zurriyotimdan hammi?" - deb so'radi. (Alloh) aytdi: "Mening ahdim zolimlarga tegishli emas".



Izoh: Imtihon so'zlari: mo'ylabni qisqartirib turish, og'iz va burunni chayish, misvok bilan tish tozalash, tirnoqlarni, qo'ltiq va qovuq yunglarini olib turish, xatna qildirish va suv bilan istinjo (mustahab) qilish. Ibn Abbos (r. a. ) ularni o'ttizta sifat bilan izohlaganlar. U sifatlar Baroat (tavba), Ahzob va Maorij suralarida chin mo'minlarning sifatlari shaklida berilgan, deb isbotlaydilar.



  1. Eslang: Bayt (Ka'ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh va xavfsiz joy qilib qo'ydik. "Ibrohim maqomi"ni namozgoh qilib olinglar! Ibrohim bilan Ismoilga: "Tavof, e'tikof va ruku'-sujud qiluvchilar uchun Baytimni poklangiz!" - deb buyurdik.



Izoh: "Ibrohim maqomi" Ka'ba darvozasidan taxminan 20 qadam narida bir maxsus joy bo'lib, Ibrohim (a. s.) shu yerda turib duo qilganlar. Hozirgacha o'sha joy osori atiqalardan sanalib, bir tosh ustiga Ibrohim (a. s.) oyoq izlari ramziy aks ettirilgan va oynali qubba bilan yopib qo'yilgan.
E'tikof - bu Ka'bada yoki boshqa masjidlarda maxsus tartibda ibodat bilan mashg'ul bo'lib o'tirish. Odatda Ramazon oyining uchinchi o'n kunligida e'tikofda bo'ladilar.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish