Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet192/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ey, Rabbimiz! Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan. Alloh uchun Yerda ham, osmonda ham biror narsa maxfiy emasdir.




  1. Menga keksalikda Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Rabbim duoni eshituvchidir.

  2. Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et!




  1. Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!"




  1. (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga qoldirmoqda, xolos.



Izoh: Ko'zlar qo'rqinchdan qotib qoladigan kun - qiyomat kunidir.



  1. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar). Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur.



Izoh: Yuraklarida quvvat va shijoat qolmas.



  1. (Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda) zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?!




  1. Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik. "




  1. Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida (ma'lum)dir.




  1. (Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir.




  1. Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir.




  1. (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz.




  1. Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur.




  1. Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (- kitob) qiluvchidir.




  1. Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir bayonotdir.

HIJR SURASI

Hijr - Madina bilan Shom o'rtasidagi vodiy.


Surada payg'ambarlarga ishonmay, ularga muxoliflik qilgan ummatlarning halokati, Yeru osmon, quyosh, oy, shamol, suv kabi ne'matlarning hammasi inson xizmatida ekani, Odam (a. s.)ni loydan yasalganiga ta'na qilib, olovdan yaratilgan shaytonning unga sajda qilishdan bosh tortgani, Ibrohim, Lut, Shuayb, Solih (a. s.)larning qissalari va boshqa ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.





  1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.




  1. Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.




  1. (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.




  1. Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.




  1. Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.




  1. Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, sen majnunsan.




  1. Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!".



Izoh: Ya'ni farishtalar kelib, payg'ambarligingga guvohlik bersinlar yoki bizni jazolasinlar.



  1. Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib turilmas (halok qilinurlar).




  1. Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz!




  1. Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.




  1. Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar.




  1. Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz.




  1. (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi.




  1. Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham,




  1. "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan bo'lur edilar.




  1. (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik.



Izoh: Osmonning o'n ikki burji - hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut bo'lib, quyosh ularni 360 daraja bilan bir yil mobaynida kesib o'tadi. Oyning ham shu kabi burjlari bor. Osmon burjlaridan murod ulardagi o'n ikki qasr bo'lib, u yerda qo'riqchi farishtalar turadi, degan tafsir ham mavjud.



  1. Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik.




  1. Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (halok etar).




  1. Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.




  1. Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.



Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham.



  1. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz.




  1. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.




  1. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.




  1. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.




  1. Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.




  1. Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.




  1. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.




  1. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson yaratuvchiman.




  1. Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi.




  1. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.




  1. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi.




  1. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?"




  1. (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman".





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish