hisob raqami
100100 O‘zbekiston, Toshkent sh,
Pochta cheklari muassasasi
Bobur ko‘ch. 12-uy, 3-xon.
Xabarlar
Oluvchining familiyasi va manzili
Oleg Nikolaevich Nosov
O‘tkazma
raqami
5/43
g.Tomsk, 48, ul. Suvorova ,dom 54, kv.96
Muassasa
Toshkent
Sana
Imzo
Alieva
Mamlakat
Rossiya
Summasi arab raqamlari bilan
Summasi harflar bilan
O‘tkazmali summa
1000 so‘m
1000 so‘m
Summasi arab raqamlari bilan Summasi
harflar
bilan
1000 so‘m
Bir ming so‘m
Almashuv kursi
O‘tkazma standart identifikatorining raqami
O‘tkazmani tuzgan muassasa tamg‘asi
Pastga hech narsa yozilmasin Pastga hech narsa yozilmasin Pastga hech narsa yozilmasin
37-rasm. TFP 1 xalqaro o‘tkazmasini tuldirish namunasi.
157
Butunjahon pochta ittifoqi a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi pul
mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalari almashuvi ular o‘rtasida
tuzilgan Bitimlarga asosan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ahamiyatdagi oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul
qilish pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da, belgilab qo‘yilgan shahar
aloqa bo‘limlarida esa – pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta
aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)
rahbarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini qabul qilishda aloqa xodimi
belgilangan mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish ruxsat
etilgan, etilmaganini tekshirishi kerak.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini rasmiylashtirishda jo‘natuvchi
TFP 1 blankasini to‘ldiradi. Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasining blankasi
Shartnomada kelishilgan tilda, xatto bu tasdiqlangan bo‘lsa ham
tozalashlarsiz va tuzatishlarsiz, to‘ldiriladi. Yozuvlar qo‘lda yoki
mashinkada kiritiladi. Xalqaro pul o‘tkazmalarining manzilida
qisqartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Blankada har qanday belgi qo‘yish
taqiqlanadi, xizmat belgilari bundan mustasno («To‘lash to‘g‘risida
xabarnoma» va boshq.).
Ijtimoiy ahamiyatdagi oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini ras-
miylashtirishda jo‘natuvchi TFP 1 blankasining old tomonida oluvchi
uchun kupondagi «Xabar» satrida to‘lov nomini (pensiya, aliment va
boshq.) ko‘rsatadi, u rahbar, bosh buxgalter imzolari va jo‘natuvchining
dumaloq muhri izi bilan tasdiqlanadi.Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini
mos kelmaydigan shakldagi blankalarda qabul qilish qat’iyan man
etiladi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan ijtimoiy ahamiyatdagi
oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari faqat har bir mamlakat bo‘yicha alohida
tuzilgan, to‘lov topshiriqnomalari va 103-A-shakldagi ro‘yxatlar
bo‘yicha qabul qilinadi. 103-A-shakldagi ro‘yxatlar jo‘natilayotgan
oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari sonidan qat’iy nazar tuziladi.
Jo‘natuvchi aloqa xodimiga 103-A-shakldagi ro‘yxatning uch
nusxasini, to‘ldirilgan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining blanklarini va
ikki nusxasidagi bank bo‘limining pochta aloqasi hududiy tashkiloti,
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) pul
o‘tkazmasi hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan
158
operatsiya to‘g‘risidagi bankning belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriq-
nomasini taqdim etadi.
Aloqa xodimi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) buxgalteriyasida
jo‘natuvchidan pul o‘tkazmasi hisob raqamiga pul tushishini tekshiradi.
Aloqa xodimi oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilishda
quyidagilarni tekshiradi:
a) oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari va pochta yig‘imlari yakuniy
summasining ro‘yxat bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasidagi summa bilan
mosligini;
b) 103-A-shakldagi ro‘yxatning to‘g‘ri rasmiylashtirilganini, 103-
A-shakldagi ro‘yxatning birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxasidagi
ma’lumotlarning aynanligini;
v) oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining blankalarida to‘lov nomi
(pensiya, alimentlar va boshq.) va rahbar, bosh buxgalter imzolari
hamda jo‘natuvchining dumaloq muhr izining mavjudligini;
g) 103-A-shakldagi ro‘yxatlarda rahbar, bosh buxgalter
imzolarining va jo‘natuvchi dumaloq muhr izining mavjudligini;
d) oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining 103-A-shakldagi ro‘yxat
yozuvlariga nomma-nom mos kelishini, jo‘natish uchun pul miqdorining
to‘g‘ri ko‘rsatilganini;
e) 103-A-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha umumiy summaning oddiy
xalqaro pul o‘tkazmalarining haqiqiy hisoblangan summasi bilan
to‘g‘riligini.
Rasmiylashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi aniqlanganda
taqdim etilgan barcha hujjatlar jo‘natuvchiga qayta rasmiylashtirish
uchun qaytariladi.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘lov topshiriqnomalari bo‘yi-
cha qabul qilish faqat pul o‘tkazmasi mablag‘lari va ularni jo‘natish
uchun to‘lov pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning pul o‘tkazmasi hisob
raqamiga kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
TFP 1 blankasi to‘g‘ri to‘ldirilganligi va 103-A-shakldagi ro‘yxat-
da hamda to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summaning mos kelishi
tekshirilgandan so‘ng aloqa xodimi uni quyidagi tartibda rasmiy-
lashtiradi:
– TFP 1 blanka old tomonining o‘ng qismidagi maxsus ustunga
raqamlagich yoki qo‘lda pul o‘tkazmasi raqamini qo‘yadi;
159
– «imzo» ustuniga imzo qo‘yadi;
– oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini qabul qilib olgan pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti nomini, qabul qilingan
sanani qo‘lda yozib qo‘yadi;
– maxsus ajratilgan joyga taqvim tamg‘aning aniq izini tushiradi.
103-A-shakldagi bir necha ro‘yxat bilan birga oddiy xalqaro pul
o‘tkazmalar to‘loviga bitta to‘lov topshiriqnomasini qabul qilishga
ruxsat etilmaydi.
103-A-shakldagi ro‘yxatning oxirgi nusxasida aloqa xodimi oddiy
xalqaro pul o‘tkazmalarining umumiy soni va summasini, shuningdek
jo‘natish uchun olingan umumiy to‘lov summasini, QQS summasini
alohida ajratib yozadi. 103-A-shakldagi ro‘yxat ikki va undan ortiq
varaqda tuzilganda ro‘yxatning har bir varag‘ida oddiy xalqaro pul
o‘tkazmalari qabul qilingan kun taqvim tamg‘asi izi tushiriladi,
ro‘yxatning oxirgi varag‘iga esa bundan tashqari, aloqa xodimi imzo
chekadi.
Bitta jo‘natuvchidan bir vaqtda 103-A-shakldagi bir necha ro‘yxat
bo‘yicha qabul qilingan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalariga bitta umumiy
yoki har bir ro‘yxatga alohida 5-shakldagi kvitansiya yozib beriladi,
ularga o‘tkazmalarning raqamlari (____dan _____gacha) qo‘yib
chiqiladi. «Qaerga» satrida ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib olingan oddiy
xalqaro pul o‘tkazmalarining soni so‘z bilan ko‘rsatiladi, «Kimga»
satrida «Ro‘yxat bo‘yicha» belgisi qo‘yiladi, «To‘lov» ustunida olingan
to‘lovning umumiy summasi yoziladi. Yakuniy to‘lov summasidan
keyin «shu jumladan, QQS____ so‘m ____ tiyin» ko‘rsatiladi. 5-
shakldagi kvitansiyada xalqaro pul o‘tkazmalarining umumiy summasi
yoziladi (so‘z va raqam bilan).
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari pochta-kassa apparati, elektron
majmuada rasmiylashtirilgandan so‘ng kvitansiya beriladi, unda
quyidagilar yoziladi:
– har bir oddiy xalqaro pul o‘tkazmasi bo‘yicha raqam va summa;
– oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining umumiy summasi;
– ularni jo‘natish uchun umumiy to‘lov summasi;
– jo‘natuvchi to‘lashi kerak bo‘lgan umumiy summa.
Kvitansiyaning bo‘sh joyiga qo‘lda QQS tegishli summasi
qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladi.
Kvitansiya va 103-A-shakldagi ro‘yxatning uchinchi nusxasi
jo‘natuvchiga beriladi. 103-A-shakldagi ro‘yxatning birinchi nusxasi 5-
160
shakldagi daftarga qo‘shiladi, ro‘yxatning ikkinchi nusxasi esa to‘lov
topshiriqnomasining bir nusxasi, oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari
blankalari bilan birga tobeligigi bo‘yicha pochta aloqasi hududiy
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi,
pochtamt)ga nazorat qilish, ishlov berish va PO‘NQMga jo‘natish uchun
yuborilishi kerak.
Qabul qilish joylarida qabul qilingan oddiy xalqaro pul
o‘tkazmalarini bundan keyin nazorat utkaziladi.
Qabul qilish joylarida nazorat qilingandan so‘ng oddiy xalqaro pul
o‘tkazmalari saralanadi, raqamlari, summasi, manzillangan mamlakati
ko‘rsatilib, har bir davlat bo‘yicha alohida 11-shakldagi reestrga
nomma-nom qo‘shimcha yozib qo‘yiladi.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari yigindilarga to‘planib, birinchi
jo‘natiladigan pochta bilan nazorat qilish, ishlov berish va PO‘NQM ga
jo‘natish uchun tobeligi bo‘yicha pochta aloqasi hududiy tashkilotlari
yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari,
pochtamtlar)ga jo‘natiladi.
To‘lov topshiriqnomalari ular qabul qilingan kundan keyingi
kundan kechiktirmay xizmatga oid buyurtmali xat bilan pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa
bog‘lamasi)ning buxgalteriyasiga alohida 11-shakldagi reestrlarga
yozish bilan, unda to‘lov topshiriqnomasi raqamini, tashkilot, korxona,
muassasa nomini va to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summasini
ko‘rsatib yuboriladi. To‘lov topshiriqnomalarini jo‘natish uchun 11-
shakldagi reestrlarni raqamlash har chorakda olib boriladi. 11-shakldagi
reestrlarning nusxalari alohida tikib qo‘yiladi.
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)da ularda qabul qilingan oddiy
xalqaro pul o‘tkazmalarini tekshirish, tayyorlash va PO‘NQM ga
jo‘natish pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti
(pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning buyrug‘i bilan tayinlangan
nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi
shaxs pul o‘tkazmasi yig‘imlarni ochadi, oddiy xalqaro pul o‘tkaz-
malarini 11-shakldagi reestrdagi yozuvlar bilan raqami, summasi,
manzili bo‘yicha solishtiradi, 103-A-shakldagi ro‘yxatlarning va to‘lov
topshiriqnomasining mavjudligi va rasmiylashtirish sifatini tekshiradi.
S o‘ng oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini rasmiylashtirish sifati
tekshiriladi:
161
– nazorat-gerelydli muhrlarning va pochta-kassa apparatlari muhr-
larining aniq izlari mavjudligi;
– tozalashlar, tuzatishlarning yo‘qligi;
– zarur bo‘lgan hollarda shifrlashning to‘g‘riligi.
Ijtimoiy ahamiyatdagi oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarida qo‘shim-
cha ravishda rahbar, bosh buxgalterning imzosi va jo‘natuvchi
muhrining izi mavjudligi tekshiriladi.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining sifatsiz rasmiylashtirilgan
barcha holatlariga uni qabul qilib olgan joyga 30-shakldagi xabarnoma
yozilib, ishdagi nuqson hisobga olinadi.
Zarur bo‘lganda nazorat qiluvchi shaxs oddiy xalqaro pul
o‘tkazmasi blankasini qayta rasmiylashtirish choralarini ko‘radi.
Nazorat tugagandan so‘ng kelib tushgan 11-shakldagi reestrlar
umumiy to‘plamga yig‘ib tikiladi, oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari esa
raqami, summasi, manzili va qabul qiish joyi 11-shakldagi reestrga
yozilib, PO‘NQMga jo‘natish uchun tayyorlanadi.
11-shakldagi reestrlarda oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarining soni
va summasi bo‘yicha raqamlar bilan umumiy yakun chiqariladi.
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari to‘g‘ri yigimlarga rasmiy-
lashtiriladi va keyingi ishlov berish uchun PO‘NQM ga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |