Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Xalqaro pul o‘tkazmasining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib 
bering. 
2. Xalqaro pul o‘tkazmasini jo‘natish uchun qaysi shakldagi 
blankdan foydalaniladi? 
3. TFP 1 xalqaro pul o‘tkazmasi blankasini to‘ldirish va 
rasmiylashtirish tartiblari qanday? 
4. Xalqaro pul o‘tkazmasini qabul qilishda aloqa xodimi TFP 1 
blankasida ko‘rsatilgan qaysi ma’lumotlarni tekshirish zarur? 
 
3.7 Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari to‘lovi 
 
 Faqat PO‘NQM da dastlabki ishlovdan o‘tgan va shartli qabul qilish 
rekvizitlari (raqamli belgilanishi, nazorat razryadi, sana, summa, PO‘NQM 
raqami va xizmatga oid belgilar) mavjud bulgan hamda PO‘NQM taqvim 
tamg‘a izi tushirilgan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari to‘lanadi. 


 
162
Pochta aloqasi obyektida PO‘NQM ning taqvim tamg‘asining izi 
tushirilmagan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari to‘lanmaydi. 
Xalqaro tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari, boshqa davlatlardan 
kelgan ustama to‘lovli xalqaro pul o‘tkazmalari to‘lanmaydi va 11-
shakldagi reestrga ilova qilib xizmatga oid buyurtmali xat bilan PO‘NQM 
ga jo‘natiladi. 
Belgilangan joy pochta aloqasi obyektlarida keluvchi oddiy 
xalqaro pul o‘tkazmalarini olish, nazorat qilish va ishlov berish quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 
– keluvchi oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini nazorat qilishda shartli 
qabul qilish rekvizitlari va PO‘NQM taqvim tamg‘a izining mavjudligi 
tekshiriladi; 
– tegishli hollarda shifri tekshiriladi; 
– to‘lashga ruxsatni tasdiqlashda nazorat qiluvchi shaxs har bir 
TFP 1 blankasining orqa tomonida oddiy xalqaro pul o‘tkazmasining 
«zarur bo‘lganda uzatish uchun manziliga» imzo qo‘yadi. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari guruhlarga ajratiladi: bank orqali 
o‘tkazilishi kerak bo‘lganlari, uyga eltib beriladiganlari, pochta aloqasi 
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektida to‘lanadiganlari. 
Shundan so‘ng oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari blankalariga, bank orqali 
o‘tkazilishi kerak bo‘lganlaridan tashqari, taqvim tamg‘a izi tushiriladi. 
Nazorat qiluvchi shaxs pul o‘tkazmalarning keluvchi raqamlarini 
11-shakldagi reestrning bo‘sh joyiga yozadi. Shu raqamlarning TFP 1 
blankasining orqa tomonidagi «Keluvchi ____son» ustuniga ham 
yozadi. Keluvchi oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini raqamlash oy 
davomida olib boriladi. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari tegishli ish o‘rinlariga 11-
shakldagi reestr bo‘yicha umumiy sonini ko‘rsatgan holda uzatiladi. 
Ularni olgandan so‘ng aloqa xodimi har bir kelgan oddiy xalqaro pul 
o‘tkazmasiga 22-shakldagi xabarnomani yozadi. 
 TFP 1 blankasining tegishli qismi yirtib olingan keyin esa 
yopishtirilgan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari, faqat PO‘NQM dan 
to‘lashga tasdiqnoma olingandan so‘nggina to‘lanishi mumkin. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘lash PO‘NQM shartli qabul 
qilish rekvizitlarida ko‘rsatilgan summa miqdorida amalga oshiriladi. 
Belgilangan joyning pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyektiga kelib tushgan kunidan boshlab bir oy muddatda 


 
163
to‘lanmagan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari PO‘NQM ga qaytariladi va 
qaytarish sababi «yozuvlar uchun manzili» da albatta ko‘rsatiladi. 
Oluvchiga pul to‘lashdan oldin aloqa xodimi quyidagilarga 
majbur: 
      – taqdim etilgan hujjatning fotosuratidagi tasvirni oluvchining shaxsi 
bilan taqqoslash. Fotosurat almashtirilganmi, pasport ma’lumotlarida 
tozalashlar, qo‘shimcha yozib qo‘yishlar, tuzatishlar bor-yo‘qligini 
tekshirish; 
      – oluvchining 22-shakldagi xabarnomada yozgan ma’lumotlarini va 
imzosini taqdim etilgan hujjat bilan solishtirishi va xabarnomada imzo 
qo‘yishi; 
       – oluvchiga oddiy xalqaro pul o‘tkazmasi blankasi asosiy qismining 
orqa tomonida so‘mlar miqdorini – so‘z bilan, tiyin – raqam bilan 
yozishni va pulni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishni taklif etishi; 
–  oluvchining tilxatda yozgan summasini PO‘NQM shartli qabul 
qilish rekvizitlarida ko‘rsatilgan summa bilan solishtirishi; 
– oluvchining imzosini taqdim etilgan hujjatdagi imzo bilan 
solishtirishi. 
Oluvchiga pul bilan birga oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini 
blankasidan kupon qismi beriladi. Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasi 
blankasi asosiy qismining orqa tomonida oluvchining imzosidan so‘ng 
aloqa xodimi pul to‘langaniga imzo qo‘yadi. 
Hujjatda va oddiy xalqaro pul o‘tkazmasida ko‘rsatilgan 
oluvchining familiyasi, ismi yoki otasining ismi farq qilganda, 
shuningdek hujjatning haqiqiyligiga shubha tug‘ilganda oddiy xalqaro 
pul o‘tkazmasi manzilda to‘lanmaydi. Bu holda oluvchiga oddiy xalqaro 
pul o‘tkazmasi to‘g‘risida pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyektiga murojaat qilish uchun 22-shakldagi xabarnoma 
topshiriladi, u yerda to‘lash to‘g‘risidagi masalani rahbar hal qiladi. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasini manzilda to‘lash imkoni bo‘lmasa, 
pochtalyon 22-shakldagi xabarnomada to‘lanmaganlik sababini 
ko‘rsatadi va imzo qo‘yadi. 22-shakldagi xabarnoma abonent javoni 
qutichasiga yoki abonent qutisiga tashlanadi. 
Har bir eltib berishdan so‘ng aloqa xodimi nazorat qiluvchi 
shaxsga to‘langan va to‘lanmagan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini, 
shuningdek pullarni ichki pul o‘tkazmalari uchun belgilangan tartibda 
topshirishi shart. 


 
164
To‘lanmagan oddiy xalqaro pul o‘tkazmalariga to‘lanmaganlik 
sababini ko‘rsatib, 20-shakldagi ma’lumotnoma qo‘shib beriladi. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmasi to‘lovi rasmiylashtirilganda faqat 
PO‘NQM shartli qabul qilish rekvizitlarigina ko‘rsatiladi: raqamli 
belgisi, nazorat razryadi, qabul qilingan sana va oddiy xalqaro pul 
o‘tkazmasining summasi. 
Boshqa davlatning oddiy xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish 
joyining rekvizitlari oddiy xalqaro pul o‘tkazmasi to‘lovini 
rasmiylashtirishda e’tiborga olinmaydi. 
Oddiy xalqaro pul o‘tkazmalari dalolatnomalar bo‘yicha quyida 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish