Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

Жўнатувчи
 томонидан
 тўлди
рилади
 


 
169
tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlaridan jo‘natilayotgan xalqaro 
oddiy xat-xabarlar bilan birga jo‘natiladi. 
Agar CN 07 blankasi xalqaro pochta jo‘natmasi bilan birga 
olinmagan bo‘lsa, manzillangan joy pochta aloqasi hududiy tashkiloti 
yoki pochta aloqasi obyekti xizmatga oid tartibda yangi CN 07 
olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani tuzadi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalari «Express» – «Shaxsan qo‘liga 
topshirilsin» belgisi bilan, buyurtmali pochta jo‘natmalari va qiymati 
e’lon qilingan xatlar esa, bundan tashqari, «A remetre en main propre» – 
«Shaxsan topshirilsin» belgisi bilan qabul qilinishi mumkin. «A remetre 
en main propre» – «Shaxsan topshirilsin» belgili pochta jo‘natmalari 
mamlakatlar Ro‘yxatiga muvofiq faqat olinganligi to‘g‘risidagi 
bildirishnoma bilan qabul qilinadi. 
«Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin»» va «A remetre en 
main propre» – «Shaxsan topshirilsin» pochta jo‘natmalarining 
o‘lchami, og‘irligi va o‘roviga umumiy belgilangan talablar qo‘yiladi. 
«Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgisi bo‘lgan xatlar, 
banderollar va mayda paketlarni, «A remetre en main propre» – 
«Shaxsan topshirilsin» belgisi bo‘lgan buyurtmali pochta jo‘natmalari va 
qiymati e’lon qilingan xatlarni qabul qilishdan oldin aloqa xodimi ushbu 
mamlakat bilan bunday pochta jo‘natmalari almashuvi o‘rnatilgan yoki 
o‘rnatilmaganini Mamlakatlar ro‘yxati bo‘yicha, «Express» – «Shaxsan 
qo‘liga topshirilsin» belgisi qo‘yilgan posilkalarni esa – Qo‘llanma 
bo‘yicha tekshirishi kerak. 
 «Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» va «A remetre en 
main propre» – «Shaxsan topshirilsin» belgilari bo‘lgan buyurtmali 
xatlar va buyurtmali banderollarni yuborish uchun haq undiriladi, bu 
summaga qo‘shimcha pochta markalari yopishtiriladi. Posilka, qiymati 
e’lon qilingan xatlar va mayda paketlarni qabul qilishda jo‘natish uchun 
to‘lovning umumiy summasiga qo‘shimcha to‘lov qo‘shib hisoblanadi. 
«Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgisi bo‘lgan pochta 
jo‘natmalariga «Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» yozuvi 
bo‘lgan qizil rangdagi yorliq yopishtiriladi. «A remetre en main propre» 
– «Shaxsan topshirilsin» belgisini jo‘natuvchi buyurtmali pochta 
jo‘natmasi, qiymati e’lon qilingan xatning manzil tomoni yuqori qismiga 
yozadi. «Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» va «A remetre en 
main propre» – «Shaxsan topshirilsin» belgisi bo‘lgan pochta 


 
170
jo‘natmalarini qabul qilishda 1,3-shakllardagi daftarlar 
kvitansiyalarining «Alohida belgilari» satriga tegishli yozuv yoziladi. 
Aviajo‘natmalarga ularning o‘lchami, og‘irligi va o‘roviga 
umumiy belgilangan talablar qo‘yiladi. Aviajo‘natmalarni qabul qilishda 
1,3-shakllardagi kvitansiyalarga qo‘shimcha ravishda «Avia» deb 
yoziladi. Har bir jo‘natilayotgan aviajo‘natmaga moviy rangdagi yorliq 
yopishtiriladi yoki «Par avion» – «Avia» yozuvli tamg‘a izi tushiriladi.  
Xalqaro pochta almashuvi joyidan xorijga yo‘llanadigan pochta 
solingan qoplarning og‘irligi 30 kg dan oshmasligi kerak. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish