(Doktor Shavqiy Abu Xalil.
Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.)
Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar
Odamning yaratilishi va unga barcha farishtalar hurmat bajo keltirib sajda qilgan holda, Iblis Odamni
mensimasdan takabburlik bilan sajdadan bosh tortgani haqidagi qissa Qur’oni karimning turli suralarida qayta-
qayta zikr etiladi. Sababi bu qissada musulmonlar uchun bir qator dars va ibratlar mavjud.
1.
Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi.
Avvalo, bu qissa orqali Alloh taolo Odamning Yer yuziga xalifa, ya’ni Yer yuzining egasi, xo‘jayini qilib
yaratgani xabarini bermoqda.
(Baqara, 30.)
Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va
tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish
uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Mufassir olimlarning fikrlaricha,
Do'stlaringiz bilan baham: |