Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/274
Sana15.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#366516
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
Bog'liq
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK



Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar  
Mahkamasi huzuridagi
 
 
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
 
 
Rahmatulloh qori Obidov
 
 
 
 
PAYG'AMBARLAR TARIXI 
ISLOMIYAT TARIXIDIR
 
 
(Qur'oni Karimda payg'ambarlar siymosi)
 
 
Birinchi kitob
 
 
Toshkent  
"Movarounnahr" 
2005
 
 
 
َﻌَﺑ
 
ْﺪَﻘَﻟَو
 
َتﻮُﻏﺎﱠﻄﻟا
 
اﻮُﺒِﻨَﺘْﺟاَو
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
اوُﺪُﺒْﻋا
 
ِنَأ
 
ﻻﻮُﺳَر
 
ٍﺔﱠﻣُأ
 
ِّﻞُآ
 
ﻲِﻓ
 
ﺎَﻨْﺜ
 
 
Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar»,-degan vahiy bilan 
payg‘ambar yuborganmiz.
 (Nahl, 36.) 
 
ُر
 
ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ
 
ُﻪﱠﻠﻟا
 
ٌﺮﻴِﺼَﺑ
 
ٌﻊﻴِﻤَﺳ
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
ﱠنِإ
 
ِسﺎﱠﻨﻟا
 
َﻦِﻣَو
 
ﻼُﺳ
)
٧٥
(
 
 
«Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va 
ko‘ruvchidir».
 (Haj, 75.) 
 
َﻌْﻟا
 
ﻰَﻠَﻋ
 
َناَﺮْﻤِﻋ
 
َلﺁَو
 
َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ
 
َلﺁَو
 
ﺎًﺣﻮُﻧَو
 
َمَدﺁ
 
ﻰَﻔَﻄْﺻا
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
ﱠنِإ
 
َﻦﻴِﻤَﻟﺎ
)
٣٣
(
 
 
«Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik 
uchun) tanladi».
 (Oli Imron, 33.) 
 
 
َﻚْﻴَﻠَﻋ
 
ْﻢُﻬْﺼُﺼْﻘَﻧ
 
ْﻢَﻟ
 
ﻼُﺳُرَو
 
ُﻞْﺒَﻗ
 
ْﻦِﻣ
 
َﻚْﻴَﻠَﻋ
 
ْﻢُهﺎَﻨْﺼَﺼَﻗ
 
ْﺪَﻗ
 
ﻼُﺳُرَو
 
 
«Ba’zi payg‘ambarlar haqida ilgari qissalarni bayon etgan edik. Ba’zi payg‘ambarlar qissalarini esa 
aytganimiz yo‘q».
 (Niso, 164.) 
 
MUQADDIMA  
Bismillahir rohmanir rohim. 
Alloh subhonahu va taolo ko‘z bilan ko‘rib turganimiz va ko‘zimizga 
ko‘rinmaydigan butun borliqni  yaratgan qudrat sohibidir. Avval koinot yaratilib, undan so‘ng inson xalq 
qilingan. Azaldan yakkayu yagona Allohdan boshqa biror narsa mavjud emas edi. Alloh taolo o‘zining borligini
buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, Yerni va undagi boyliklarni, o‘simliklarni 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
yo‘qdan bor qildi. Yolg‘iz Allohning o‘zigagina itoat va ibodat qilishga buyurilgan farishtalar, insonlar va jinlarni 
xalq qildi.  
Farishtalar ko‘zga ko‘rinmas mavjudot bo‘lib, nurdan yaratilgan, ularda nafs bo‘lmaganligi uchun taom 
yeyish, ichimlik ichish va shahvoniy hissiyotlarga berilishdan ozoddirlar.  
Farishtalarning eng go‘zali va eng ul-g‘i Jabroil farishtadir.        
Ular Yerda emas, balki samovotda faqat ibodat bilan mashg‘uldirlar. Alloh taolo farishtalar haqida shunday 
xabar beradi:
 
 
َنوُﺪُﺠْﺴَﻳ
 
ُﻪَﻟَو
 
ُﻪَﻧﻮُﺤِّﺒَﺴُﻳَو
 
ِﻪِﺗَدﺎَﺒِﻋ
 
ْﻦَﻋ
 
َنوُﺮِﺒْﻜَﺘْﺴَﻳ
 

 
َﻚِّﺑَر
 
َﺪْﻨِﻋ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ﱠنِإ
)
٢٠٦
(
 
 
«Haqiqatan, Robbingiz huzuridagi farishtalar Uning ibodatidan kibr qilmaydilar. Unga tasbeh 
aytadilar va Unga sajda qiladilar».
 
 
(A’rof, 206.)
 
Alloh taolo insonlar singari farishtalarni ham turli daraja va martabada, turli vazifalarga mas’ullikda bir-
biridan fazilatlik qilib yaratgan. Qur’oni karimda farishtalarning o‘z so‘zlari bilan aytgan sifatlari keltirilgan: 
ﻻِإ
 
ﺎﱠﻨِﻣ
 
ﺎَﻣَو
 
ٌمﻮُﻠْﻌَﻣ
 
ٌمﺎَﻘَﻣ
 
ُﻪَﻟ
 
)
١٦٤
(
 
َنﻮﱡﻓﺎﱠﺼﻟا
 
ُﻦْﺤَﻨَﻟ
 
ﺎﱠﻧِإَو
)
١٦٥
(
 
َنﻮُﺤِّﺒَﺴُﻤْﻟا
 
ُﻦْﺤَﻨَﻟ
 
ﺎﱠﻧِإَو
)
١٦٦
(
 
 
«
(Farishtalar dedilar)
: «Bizlarning har birimiz uchun osmonlarda aniqki, ma’lum bir maqom bordir. 
Darhaqiqat, bizlar Alloh xizmatida saf tortib turguvchilardirmiz. Yana, bizlar 
(Allohga)
 tasbeh 
aytuvchilardirmiz».
( Vas-soffot, 164-166)
 
Farishtalarning ba’zilari Allohning arshi va kursiysi xizmatida bo‘lsalar, ba’zilari jannat xizmatchilari, yana 
ba’zilari do‘zax xazanalaridir. 
َﻌْﻟا
 
َنﻮُﻠِﻤْﺤَﻳ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ِﻪِﺑ
 
َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻳَو
 
ْﻢِﻬِّﺑَر
 
ِﺪْﻤَﺤِﺑ
 
َنﻮُﺤِّﺒَﺴُﻳ
 
ُﻪَﻟْﻮَﺣ
 
ْﻦَﻣَو
 
َشْﺮ
 
 
«Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar yagona Parvardigorlariga hamd bilan 
tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar...».
( G’ofir, 7.)
 
Ba’zi farishtalar yerdagi insonlarning yelkalarida doim bo‘lib, nomai a’mol kotiblari vazifasini bajaradilar: 
 
َﻦﻴِﻈِﻓﺎَﺤَﻟ
 
ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ
 
ﱠنِإَو
)
١٠
(
 
َﻦﻴِﺒِﺗﺎَآ
 
ﺎًﻣاَﺮِآ
)
١١
(
 
َنﻮُﻠَﻌْﻔَﺗ
 
ﺎَﻣ
 
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ
)
١٢
(
 
 
«Holbuki, sizlarning ustingizda har bir ishingizni yod oluvchi farishtalar bor. Ular yozuvchi ulug‘ 
zotlardir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar». 
(Infitor, 10-12.)
 
Ba’zilari Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasidagi elchilik vazifasidadirlar: 
ٌﺮﻴِﺼَﺑ
 
ٌﻊﻴِﻤَﺳ
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
ﱠنِإ
 
ِسﺎﱠﻨﻟا
 
َﻦِﻣَو
 
ﻼُﺳُر
 
ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ
 
ُﻪﱠﻠﻟا

٧٥
(
 
 
«Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham».
( Haj, 75.) 
 
Farishtalarning yana ba’zilari esa insonlarning ruhlariga vakil qilinganlar: 
 
َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ
 
ْﻢُﻜِّﺑَر
 
ﻰَﻟِإ
 
ﱠﻢُﺛ
 
ْﻢُﻜِﺑ
 
َﻞِّآُو
 
يِﺬﱠﻟا
 
ِتْﻮَﻤْﻟا
 
ُﻚَﻠَﻣ
 
ْﻢُآﺎﱠﻓَﻮَﺘَﻳ
 
ْﻞُﻗ
)
١١
(
 
 
«Ayting, ey Muhammad! Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra 
Robbingizga qaytarilursizlar». 
(Sajda, 11.)
       
Ular xilqat (yaratilish) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida: 
ْﻤَﺤْﻟا
 
َثﻼُﺛَو
 
ﻰَﻨْﺜَﻣ
 
ٍﺔَﺤِﻨْﺟَأ
 
ﻲِﻟوُأ
 
ﻼُﺳُر
 
ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا
 
ِﻞِﻋﺎَﺟ
 
ِضْرﻷاَو
 
ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا
 
ِﺮِﻃﺎَﻓ
 
ِﻪﱠﻠِﻟ
 
ُﺪ
 
َعﺎَﺑُرَو
 
 
«Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to‘rt qanotli elchilar qiluvchi 
Allohgadir»
 
(Fotir, 1.)

deb marhamat qilgan.
 
Ularning mavjudligiga imon keltirish har bir musulmonga farz qilingan: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
 
ِﻪِﻠُﺳُرَو
 
ِﻪِﺒُﺘُآَو
 
ِﻪِﺘَﻜِﺋﻼَﻣَو
 
ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ
 
َﻦَﻣﺁ
 
ﱞﻞُآ
 
َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻤْﻟاَو
 
ِﻪِّﺑَر
 
ْﻦِﻣ
 
ِﻪْﻴَﻟِإ
 
َلِﺰْﻧُأ
 
ﺎَﻤِﺑ
 
ُلﻮُﺳﱠﺮﻟا
 
َﻦَﻣﺁ
ُﺳُر
 
ْﻦِﻣ
 
ٍﺪَﺣَأ
 
َﻦْﻴَﺑ
 
ُقِّﺮَﻔُﻧ
 

 
ِﻪِﻠ
 
 
«Payg‘ambar 
(Muhammad)
 o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga 
(oyatlarga)
 imon keltirdi va 
mo‘minlar ham. Ularning har biri Allohga, farishtalarga, kitoblarga va payg‘ambarlarga birortasini 
ajratmasdan imon keltirdi» 
(Baqara, 285).
          
Jinlar va insonlarning maskani esa Yerdir. Har ikki toifa shu yerda istiqomat qiladi, tirikchilik qiladi va 
Allohning buyrug‘iga ham itoat qilishga buyurilganlar: 
 
ِنوُﺪُﺒْﻌَﻴِﻟ
 
ﻻِإ
 
َﺲْﻧﻹاَو
 
ﱠﻦِﺠْﻟا
 
ُﺖْﻘَﻠَﺧ
 
ﺎَﻣَو
)
٥٦
(
 
 
«Men jin va insni O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. 
(Vaz-zoriyot, 56.)
 
Jinlar bilan insonlarning yashaydigan maskanlari Yer bo‘lsa ham, ularning yashash va taomlanish jihatlari 
bir-birlaridan keskin farq qiladi. Jinlar xilqati olovdan, inson xilqati esa oddiy Yer tuprog‘idandir: 
 
ِرﺎﱠﺨَﻔْﻟﺎَآ
 
ٍلﺎَﺼْﻠَﺻ
 
ْﻦِﻣ
 
َنﺎَﺴْﻧﻹا
 
َﻖَﻠَﺧ
)
١٤
(
 
ٍرﺎَﻧ
 
ْﻦِﻣ
 
ٍجِرﺎَﻣ
 
ْﻦِﻣ
 
ﱠنﺎَﺠْﻟا
 
َﻖَﻠَﺧَو
)
١٥
(
 
 
«U insonni sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi. Jin
 (va shaytonlar)
ni esa olovdan yaratdi». 
(Ar-
Rohman 14-15.)
 
Shuning uchun har bir narsa o‘z xilqatini namoyon qilganidek, jinlar bir shaklda turolmasdan, beqarorlik 
qiladilar, olovdek shakl va joylarini o‘zgartirib turadilar. Jinlarning yeydigan taomi ham insonlarnikidan 
boshqacha bo‘lib, ular hayvonlar tezagi va suyaklar bilan oziqlanadilar.  
Jinlar ham musulmon va kofir toifalarga bo‘linadilar. Bir zamonda insonlarga kelgan payg‘ambarlar ayni shu 
zamonda yashayotgan jinlarga ham payg‘ambar hisoblanadilar: 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish