MAVZU. MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK VA INFLYATSIYA
MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQLAR
Savollar
Savollar
|
1. Iqtisodiy siklning iqtisodiy mazmuni
bilasizmi?
|
2. internal va eksternal nazariyalarga izox bera olasizmi?
|
3. Ouken koeffitsientini bilasizmi?
|
4. Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini qanday omillar belgilab beradi?
|
5. Pigu effektiga izox bera olasizmi?
|
INQIROZLARNING TURLARI
(chizmani to’ldiring)
1-chizma.
4. Ro’yxatni davom ettira olasizmi?
2-chizma.
IQTISODIY SIKLNING TURLARI:
1.Kitchin sikli, 2–4 yil
2.
3.
4.
5.
2) маҳсулот типи;
3) тармоққа кириш нақадар осонлиги;
4) нарх ўрнатиш имконияти;
5. Quyidagi rasmlarni tushuntirib bering
Topqirlik mashqi.
CHizmaning gorizontali bo‘ylab, katakchalarga mos ravishda iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtirsangiz, vertikaliga qora chiziq bilan ajratilgan katakchalarda ish kuchi taklifini unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi tufayli, iqtisodiy faol aholining ma’lum bir qismini, ya’ni ishlashni xohlaganlarning ish topa olmasligi mazmunini ifodalovchi kategoriya kelib chiqadi.
7
Gorizontaliga:
1) o‘z xohishi bilan ishlamaslik;
8
5
4
2) ishlab chiqarishda keragidan ortiqcha ishchining band bo‘lishi yoki hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan darajada ish bilan ta’minlanmaslik;
2
3) aniq tarmoqlarning ishlab chiqarishdagi mavsumiy tebranishlari bilan bog‘liq ishsizlik;
1
3
4) mehnat bozoridagi rezerv, iqtisodiy yuksalish davrida ishlab chiqarish quvvatini tezda o‘stirish, xaridorni tanlab olish imkonini beradigan ishsizlik turi;
5) tovar va xizmatlar ayirboshlash, jumladan ishga yollashni tashkil qilish munosabati va ana shu iqtisodiy aloqalarni ma’lum bir tartib asosida amalga oshiriladigan joy;
6) Iqtisodiyotning siklli o‘sishi bilan bog‘liq, uning fazalariga ko‘ra o‘zgaruvchi ishsizlik;
7) iste’mol talabi va tarkibida, texnologiyada muhim o‘zgarishlar yuz berishi tufayli ishchi kuchiga bo‘lgan umumiy talab tuzilmasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan ishsizlik;
8) ish qidirish yoki kutish bilan bog‘liq ishsizlik.
8.Mavzuga oid testlar
1. Iqtisodiyotdagi turg‘unlik tufayli yuzaga kelgan ishsizlikni
A) tarkibiy ishsizlik;
V) siklli ishsizlik;
S) fraksion ishsizlik;
D) mavsumiy ishsizlik;
E) ixtiyoriy ishsizlik turiga kiritish mumkin.
2. Tabiiy ishsizlik:
A) iqtisodiyotda siklli ishsizlik mavjud bo‘lmagandagi ishsizlik darajasi;
V) o‘z ixtiyori bilan ishlashni xohlamaganda vujudga kelgan ishsizlik;
S) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilganda vujudga kelgan ishsizlik;
D) mavsumga ko‘ra vujudga keladigan ishsizlik;
E) mehnat bozorini samarali tashkil qilinmagani sababli vujudga kelgan ishsizlik.
3. Potensial YaIM bu ...
A) yil davomida haqiqiy yaratilgan YaIM;
V) mamlakat tomonidan ishlab chiqarish rejalashtirilgan YaIM;
S) «resurslarning to‘la bandligi» sharoiti, ya’ni tabiiy ishsizlik darajasida yaratilgan YaIM;
D) joriy baholarda hisoblangan YaIM;
E) o‘zgarmas baholarda hisoblangan YaIM;
4. Haqiqiy ishsizlik darajasi bu ...
A) mavsumiy, friksion, tarkibiy ishsizlik;
V) tarkibiy, ixtiyoriy, yashirin ishsizlik;
S) friksion, tarkibiy, yashirin ishsizlik;
D) friksion, mavsumiy, siklli ishsizlik;
E) friksion, siklli, tarkibiy ishsizlik.
5. Ouken koeffitsiyenti:
A)1; V) 2; S) 2,5; D) 1,5; E) 3,5.
6. Fillips egri chizig‘i:
A) ishsizlik darajasi bilan real ish haqining o‘sishi o‘rtasidagi;
V) ishsizlik darajasi bilan YaIM ishlab chiqarish o‘rtasidagi;
S) ish haqi o‘sishi bilan daromad o‘rtasidagi;
D) ish haqining o‘sishi bilan ishsizlik darajasi o‘zgarishi o‘rtasidagi;
E) ish haqining o‘sishi bilan YaIM ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi.
7. Inflatsiyadan eng ko‘p talafot ko‘radigan qatlam, bu...
A) tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar, valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi vositachilar;
V) kredit olgan iqtisodiy agentlar va yuridik shaxslar;
S) pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulkka, qimmatbaho narsalarga, qadrli valutaga almashtirganlar;
D) davlat monopolistik tuzilmasini ifodalovchi guruhlar;
E) kam daromad oluvchi kambag‘al qatlam;
8. Balanslashmagan inflatsiya bu?
A) bir xil tovarlar narxining har xil ko‘tarilishi;
V) to‘satdan narxlarning ko‘tarilib ketishi;
S) har xil tovarlar narxining o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lishi;
D) har xil tovarlar narxlari o‘sish sur’atlarining yuqoriligi;
E) har xil tovarlar narxining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda bir-biriga yaqin o‘sishi.
9. Denominatsiya, bu …
A) eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish;
V) qadrsizlangan puldan voz kechish;
S) pul tizimida ro‘y bergan tanglik natijasida pulning to‘lov vazifasini bajara olmay qolishi;
D) davlat tomonidan rasmiy ravishda valuta kursini pasaytirish;
E) muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |