Otolmagan yoy tanlar. Otolmagan ovchi yoyidan ko`rar.
Momaqaldirog`u yomg`irlar hokimi va yazdonlar sultoni Indraga yetti rangli kamalak kamon o`rnida o`tar edi.
15-bet
O`q-yoy tasviri
Qachonlardir Daksha , Shivaning qaynotasi, samoda juda ko`p qurbonliklar qilmish edi. Marosimga kuyovdan boshqa hammani chqirishgan edi. Achchig`langan Shiva qo`lida mahobatli kamalak, bazmga kirib keldi-yu, hammangni o`ldiraman, deb do`q-po`pisa qildi. Xayriyatki, uni sal achchig`idan tushurdilar va u o`zining sehrli kamalagini Jonakning ajdodi podsho Devrotga asrash uchun topshirishga rozi bo`ldi. Endi esa o`sha kamalak yoy Jonak qo`liga o`tgan.
Jonak tirnoqqa zor edi, kuni bola tilab, xudolarga yolvorish bilan o`tardi. U qurbonlikka mos mehrob tiklash maqsadida omoch bilan yer haydar edi, nogahon egat ichidan bir mohpaykar, hurliqo qiz chiqib keldi. Jonak uni o`ziga qiz qilib oldi va unga Sita, ya’ni “egat” deb nom berdi. Sita balog`at yoshiga yetganda, Jonak butun dunyoga jar soldirdi: “Kimki Shivaning sehrli kamalagiga tor bog`lay olsa, Sitani o`shanga beraman!” Biroq hali hanuz birov tor bog`lash u yoqda tursin, kamalakning o`zini yerdan qo`zg`ata olgani yo`q. Endi Jonak podsho:
“Sen ham kuchingni bir sinab ko`rmaysanmi?” – dedi vallamat Ramaga.
Shiva kamalagi ta’rifinda
“Devrotga Rudra in’om etgan yoyni bu asno,
Ramaga ham ko’rgiz! – der Vishmavitra avliyo.
Xushbo`y sandal anqigan, gulag chulg`angan kamon –
Kamalakni keltir, deb podsho ayladi farmon.
Mithila shahanshohi farmoniga ‘labbay’ der,
Arobaga kift qo`yar besh yuz nafar jasur er.
Bahaybat arobadan ulkan sandiq olmish joy,
Sandiq ichra bir zamon – Shiva tutgan sirli yoy.
Jonak dedi;
“Bu kamalak ko`hnadir, avlodimiz ko`rki ul,
Gerdayib ne rojalar aylabon turli usul,
Tor bog`lamoqqa bekor unnab kelishar nuqul.
Yazdonlar, devlar kuchi yetmaganda, o`ylangchi,
Uhdasidan odamzod qanday chiqsin so`ylang-chi?
Dast ko`tarib kamonni qo`zg`atolmagan choqda,
O`q otmoq, tor bog`lamoq, ko`krak kermoq qayoqda?”
“O, Rama! – der qayrilib Vishmavitra, - bolajon!
Sen ilohiy kamonni ko`rmog`ing shart shu zamon!”
Ochib xoliq kamoni solingan sandiqni bot,
Shikastanafs shahzoda ayon etdi iltifot:
“Men Rudra kamalagin ko`tarmoqqa-ku shayman,
Shart esa ,ikki uchin bir-biriga ulayman!”
Donishmand, shoh ikkovlon dedilarki: “Kamol top!”
Rama-chi, yeng shimarib yopishar yoyga shitob.
Dast ko`tarar bosh uzra o`yinchoqdek bamisol,
So`ng tor bog`lab murvadan tarang tortadi darhol!
Nogoh tutar atrofni zo`r sadoi qaldiroq:
Qarsillab sinmish edi Rama ilgida yaroq!
Mahodeva yarog`in Rama yaroqsiz qilmish,
O`ng-u so`lga qochib el, o`takasi yorilmish.
Jonaku Vishvamitra, Raghu avlodi yolg`iz,
Singan yoyga boqdilar jilla qo`rquv etmay his.
“Mahodeva yoyini bukkanga sharaf so`zim:
O`shaniki onadan tug`ilmagan gul qizim!
Xo`p jasorat ko`rsatmish el umri tolega yor! –
Titrabon avliyoga deyar edi hukmdor, -
Sita qizim yor bo`lsa buyuk Ramaga agar,
Shonga burkar naslimni toki turguncha bashar!”
Jonak Ramani Sitaning qaylig`i deb e’lon qildi. 17-bet
Ravananing o`limi ta’rifida ( ilohiy o`q tasvirini 14 misrada keltiradi)
Ba’daz Motali dedi: “Dev bilan qilganda jang,
Unutding harbiy fanni, Baquvvatqo`l, e attang!
Barohimning yarog`i yengolur uni faqat,
Uch olamda yo`q bu o`q, yo`q bunday shahd-u shiddat!
Xudolarning so`zi bu, - dedi karvon Motali, -
Ravana kuni bitgan, ha-ha, yetgan ajali!”
Buyukshukuh bahodir sodoqqa qo`lni solur,
Vishillagan ilonday yog`duvash o`qni olur.
Indra uch olamni olsin debon Barohim
Yaratmishdir bu keskir olov nusxa yarog`in.
Patlarin orasiga tangri to`ldirmish shamol,
Topshirgandir Ramaga uni Agastya xushhol.
O`q kenglikdan yaralmish, vahshatlidir, serbar, keng,
Qo`ysa naq Meru ila Mondaraga kelar teng.
Boqsa, ko`z chiday olmas taratgan yog`dusiga,
Bor modda, ibtidolar kuchin olmish o`ziga.
Qoplamish dud, bamisli lam’ai oxir zamon,
Jonzodlarni titratar barq urib shu’la afshon.
Misli Indra o`qimi va yo naq zarang olmos,
Barohimning beayov o`qi shundoq beqiyos,
Asriy qoyalar hatto to`sa olmas uni, rost.
Yog`dayin kesib o`tar jez nayzalar kelsa duch,
Qasr darvozalarin o`pirib tashlar purkuch.
O`q Ravananing yuragini teshib, yerga botdi-yu, So`ngra sodoqqa qaytdi. 153-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |