ﻢﺣ
)
١
(
ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا
ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا
ِﻪﱠﻠﻟا
َﻦِﻣ
ِبﺎَﺘِﻜْﻟا
ُﻞﻳِﺰْﻨَﺗ
)
٢
(
ِبﺎَﻘِﻌْﻟا
ِﺪﻳِﺪَﺷ
ِبْﻮﱠﺘﻟا
ِﻞِﺑﺎَﻗَو
ِﺐْﻧﱠﺬﻟا
ِﺮِﻓﺎَﻏ
ُﺮﻴِﺼَﻤْﻟا
ِﻪْﻴَﻟِإ
َﻮُه
ﻻِإ
َﻪَﻟِإ
ﻻ
ِلْﻮﱠﻄﻟا
يِذ
)
٣
(
«Ha, mim.
(Ushbu Qur’on)
qudratli va bilimli Alloh
(tomonidan)
nozil qilingan Kitobdir. U gunohni
mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul qiluvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o‘zga iloh yo‘q.
Qaytishlik faqat Uning O’zigadir».
(G’ofir, 1-3.)
Mening orqamga xachirga mingan, ustiga yamaniy libos tashlagan bir odam kelib, men
«U gunohni
mag‘firat qiluvchi»
deganimda, u: «Ayt!: «Ey
gunohlarni kechiruvchi, mening gunohimni kechir!» - dedi. Men:
«
tavbani qabul qiluvchi» -
deganimda, u: «Ayt!: «Ey tavbalarni qabul qiluvchi, mening tavbamni qabul et!» -
dedi. Men: «
azobi qattiq» -
deganimda, u: «Ayt!: «Ey azobi qattiq, meni azoblamagin!» - dedi. Men: «
ehson
egasi» -
deganimda, u: «Ayt!: «Ey
ehson egasi, menga rahmatingdan ehson et!» - dedi. Men namozni tugatib,
orqamga qarasam, haligi odam yo‘q edi. Men devor orqasidan chiqib, tashqaridagi odamlardan: «Xachir
mingan, yamaniy libosga o‘rangan odamni ko‘rdingizlarmi?» - deb so‘radim. Ular hech kimni ko‘rmaganlarini
aytishdi. Keyin: «Bu bizga ko‘rinmay, senga ko‘rinib, Allohdan tilak so‘rashni o‘rgatgan kishi Ilyos (a.s.)
bo‘lsalar kerak» - deyishdi.
Ilyos (a.s.) ketganlaridan keyin Alloh ularning yeriga yomg‘ir yog‘dirmadi, qattiq issiq bo‘ldi,
qavm ochlikdan
o‘la boshladi. Odamlar o‘limtiklarni yeyishga ham majbur bo‘lishdi. So‘ngra bu baloning sababi Ilyos (a.s.)ga
ishonmaganliklari ekanligi ma’lum bo‘ldi va Ilyos (a.s.)ni qidirib topishib, unga tavba qildilar. Alloh taolo
duolarini ijobat qildi va ulardan baloni ko‘tardi.
Yahudiylar balodan qutulgan va farovonlikka erishganlaridan keyin avvalgi
holatlarini unutdilar, bergan
so‘zlaridan qaytdilar va kofir bo‘ldilar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
131
Ilyos (a.s.) ularga nasihat qilaverib charchadilar, o‘rnilariga amakivachchalari Alyasa’ni
qoldirib, o‘zlari
tanholikka chekindilar.
4.5. ALYASA’ (A.S.)
Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn
Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi.
Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi.
Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib
yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.)
osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا
َﻦِﻣ
ﱞﻞُآ
َسﺎَﻴْﻟِإَو
ﻰَﺴﻴِﻋَو
ﻰَﻴْﺤَﻳَو
ﺎﱠﻳِﺮَآَزَو
)
٨٥
(
َﺲُﻧﻮُﻳَو
َﻊَﺴَﻴْﻟاَو
َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا
ﻰَﻠَﻋ
ﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓ
ﻼُآَو
ﺎًﻃﻮُﻟَو
)
٨٦
(
«Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham hidoyat qildik. Barchalari solih bandalardandir. Ismoil, Alyasa’, Yunus
va Lutni ham hidoyat qildik va barchalarini butun olamlardan afzal qildik».
(An’om, 85-86.)
َو
ِﻞْﻔِﻜْﻟا
اَذَو
َﻊَﺴَﻴْﻟاَو
َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ
ْﺮُآْذاَو
ِرﺎَﻴْﺧﻷا
َﻦِﻣ
ﱞﻞُآ
)
٤٨
(
«Yana Ismoil, Alyasa’ va Zul Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir».
(Sod, 48.)
Adashgan qavm to‘g‘ri yo‘lni tan olmadi. Alyasa’ (a.s.)ning mo‘‘jizalariga ishonmadi,
aksincha isyon qilib,
inkor yo‘lini tutishdi. Natijada, ularga Alloh taolo zolim bir qavmni yuborib, Bani Isroil yana xorlikka tushdi.
Ilyos (a.s.) va Alyasa’ (a.s.)ning boshqa payg‘ambarlar kabi hidoyatga
erishganlari va solihlardan
bo‘lganliklari Allohning nazdida maqbul insonlar ekanligini bildiradi.