َءﺎَﻘِﻟ
ْﻢُﻜَﻧوُرِﺬْﻨُﻳَو
ﻲِﺗﺎَﻳﺁ
ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ
َنﻮﱡﺼُﻘَﻳ
ْﻢُﻜْﻨِﻣ
ٌﻞُﺳُر
ْﻢُﻜِﺗْﺄَﻳ
ْﻢَﻟَأ
ِﺲْﻧﻹاَو
ِّﻦِﺠْﻟا
َﺮَﺸْﻌَﻣ
ﺎَﻳ
اَﺬَه
ْﻢُﻜِﻣْﻮَﻳ
«Ey jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga o‘zlaringdan payg‘ambarlar kelib, sizlarga oyatlarimni aytib,
ushbu Kuningizga yo‘liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar?».
(An’om, 130.)
Payg‘ambarlarga munkir bo‘lgan insonlardek, jinlar orasida ham imon keltirmaydigan, payg‘ambarlarga
dushmanlik kayfiyatida bo‘ladigan jinlar ham bor ekanligini quyidagi oyati karima bayon etadi:
اًدَﺪِﻗ
َﻖِﺋاَﺮَﻃ
ﺎﱠﻨُآ
َﻚِﻟَذ
َنوُد
ﺎﱠﻨِﻣَو
َنﻮُﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا
ﺎﱠﻨِﻣ
ﺎﱠﻧَأَو
)
١١
(
Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va
(shuningdek)
oramizda undan berilar
(yomonlar)
ham bordir. Bizlar ilgari turli-tuman yo‘llarda edik.
(Jin, 11.)
ِﻟَﺬَآَو
ِّﻦِﺠْﻟاَو
ِﺲْﻧﻹا
َﻦﻴِﻃﺎَﻴَﺷ
اًّوُﺪَﻋ
ﱟﻲِﺒَﻧ
ِّﻞُﻜِﻟ
ﺎَﻨْﻠَﻌَﺟ
َﻚ
«Shuningdek, har bir payg‘ambarga insu jin shaytonlaridan dushman qilib qo‘ydik». (
An’om, 112)
Ana shunday jinlar toifasi Sulaymon payg‘ambarga musaxxar qilingani, baland imoratlar quruvchi va suv
ostiga tushuvchi jinlar u kishining amriga farmonbardor bo‘lganlarini Alloh oyati karimalarda shunday bayon
etadi:
َنﻮُﻋَزﻮُﻳ
ْﻢُﻬَﻓ
ِﺮْﻴﱠﻄﻟاَو
ِﺲْﻧﻹاَو
ِّﻦِﺠْﻟا
َﻦِﻣ
ُﻩُدﻮُﻨُﺟ
َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟ
َﺮِﺸُﺣَو
)
١٧
(
«Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarida turdilar».
(Naml, 17)
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
ْﻦَﻣ
ِّﻦِﺠْﻟا
َﻦِﻣَو
ِﺮْﻄِﻘْﻟا
َﻦْﻴَﻋ
ُﻪَﻟ
ﺎَﻨْﻠَﺳَأَو
ٌﺮْﻬَﺷ
ﺎَﻬُﺣاَوَرَو
ٌﺮْﻬَﺷ
ﺎَهﱡوُﺪُﻏ
َﺢﻳِّﺮﻟا
َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟَو
ُﻬْﻨِﻣ
ْغِﺰَﻳ
ْﻦَﻣَو
ِﻪِّﺑَر
ِنْذِﺈِﺑ
ِﻪْﻳَﺪَﻳ
َﻦْﻴَﺑ
ُﻞَﻤْﻌَﻳ
ِﺮﻴِﻌﱠﺴﻟا
ِباَﺬَﻋ
ْﻦِﻣ
ُﻪْﻗِﺬُﻧ
ﺎَﻧِﺮْﻣَأ
ْﻦَﻋ
ْﻢ
)
١٢
(
ٍتﺎَﻴِﺳاَر
ٍروُﺪُﻗَو
ِباَﻮَﺠْﻟﺎَآ
ٍنﺎَﻔِﺟَو
َﻞﻴِﺛﺎَﻤَﺗَو
َﺐﻳِرﺎَﺤَﻣ
ْﻦِﻣ
ُءﺎَﺸَﻳ
ﺎَﻣ
ُﻪَﻟ
َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ
«Yana jinlardan ham Parvardigorining izni bilan uning
(Sulaymonning)
qo‘l ostida ishlaydiganlarini
bo‘ysundirib qo‘ygandirmiz. Ulardan kim Bizning amrimizdan chetlasa, Biz unga o‘t azobidan tottirib
qo‘yurmiz. Ular
(Sulaymonga)
misdan u xohlagan narsalarni-mehroblar, timsollar, hovuzlar kabi katta
laganlar va o‘choqlarlarga o‘rnashuvchi qozonlarni yasab berurlar».
(Saba, 12-13.)
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga ham jinlardan bir toifasi imon keltirganligi «Ahqof» va «Jin»
suralarida xabar beriladi:
َﻲِﻀُﻗ
ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
اﻮُﺘِﺼْﻧَأ
اﻮُﻟﺎَﻗ
ُﻩوُﺮَﻀَﺣ
ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
َنﺁْﺮُﻘْﻟا
َنﻮُﻌِﻤَﺘْﺴَﻳ
ِّﻦِﺠْﻟا
َﻦِﻣ
اًﺮَﻔَﻧ
َﻚْﻴَﻟِإ
ﺎَﻨْﻓَﺮَﺻ
ْذِإَو
َﻦﻳِرِﺬْﻨُﻣ
ْﻢِﻬِﻣْﻮَﻗ
ﻰَﻟِإ
اْﻮﱠﻟَو
)
٢٩
(
ﻰَﺳﻮُﻣ
ِﺪْﻌَﺑ
ْﻦِﻣ
َلِﺰْﻧُأ
ﺎًﺑﺎَﺘِآ
ﺎَﻨْﻌِﻤَﺳ
ﺎﱠﻧِإ
ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ
ﺎَﻳ
اﻮُﻟﺎَﻗ
ﺎًﻗِّﺪَﺼُﻣ
ٍﻢﻴِﻘَﺘْﺴُﻣ
ٍﻖﻳِﺮَﻃ
ﻰَﻟِإَو
ِّﻖَﺤْﻟا
ﻰَﻟِإ
يِﺪْﻬَﻳ
ِﻪْﻳَﺪَﻳ
َﻦْﻴَﺑ
ﺎَﻤِﻟ
)
٣٠
(
َﻲِﻋاَد
اﻮُﺒﻴِﺟَأ
ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ
ﺎَﻳ
ٍﻢﻴِﻟَأ
ٍباَﺬَﻋ
ْﻦِﻣ
ْﻢُآْﺮِﺠُﻳَو
ْﻢُﻜِﺑﻮُﻧُذ
ْﻦِﻣ
ْﻢُﻜَﻟ
ْﺮِﻔْﻐَﻳ
ِﻪِﺑ
اﻮُﻨِﻣﺁَو
ِﻪﱠﻠﻟا
)
٣١
(
«Ey Muhammad, eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas,
qachonki ular hozir bo‘lishgach,
(bir-birlariga)
: «Jim bo‘linglar»,- dedilar. Tilovat tugatilgach, ular o‘z
qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar. Ular dedilar... 30. Ular dedilar: «Ey
qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi
(ilohiy kitob)
larni tasdiq
qilguvchi bo‘lgan, Haq
(din)
ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni – Qur’onni tingladik. Ey
qavmimiz, Allohning da’vatchisi Muhammadni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. Alloh
gunohlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur».
(Ahqof, 29-31.)
«Ar-Rahmon» surasida Alloh taolo insonlarga bergan va berayotgan ne’matlari xususida savolga tutib, shu
savol asnosida jinlarga ham barobar xitob qilayotgani, taklifda ham, mukofot yoki jazoda ham insonlar va jinlar
barobar mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi.
Dunyomizning «qishr (qobig‘)» deb ataluvchi qatlamini tekshirgan geolog olimlar Yer yuzidagi hayotni to‘rt
davrga bo‘lishgan. Bu olimlarning fikricha, Yer yuzidagi birinchi inson suyagi Janubiy Osiyodan topilgan.
Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson
zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa
ko‘pchilikka sir emas. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ
ﱠنِإ
اﻮُﻓَرﺎَﻌَﺘِﻟ
َﻞِﺋﺎَﺒَﻗَو
ﺎًﺑﻮُﻌُﺷ
ْﻢُآﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو
ﻰَﺜْﻧُأَو
ٍﺮَآَذ
ْﻦِﻣ
ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ
ﺎﱠﻧِإ
ُسﺎﱠﻨﻟا
ﺎَﻬﱡﻳَأ
ﺎَﻳ
ٌﺮﻴِﺒَﺧ
ٌﻢﻴِﻠَﻋ
َﻪﱠﻠﻟا
ﱠنِإ
ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ
ِﻪﱠﻠﻟا
َﺪْﻨِﻋ
)
١٣
(
«Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak
(Odam)
va bir ayol
(Havvo)
dan yaratdik hamda bir-
biringiz bilan tanishishingiz
(do‘st-birodar bo‘lishingiz)
uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar
qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir»
.
(Hujurot, 13)
Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi
turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha,
ﺎَﻬﱠﻠُآ
َءﺎَﻤْﺳﻷا
َمَدﺁ
َﻢﱠﻠَﻋَو
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi»,
(Baqara, 31.)
oyati karimasida insonga
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan,
unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berilib, so‘nggi holatiga
keltirilgan.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson
zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan
sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi.
Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar
bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina
insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir.
Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga
hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar.
Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida
yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk
tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi.
Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr
bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy
saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir
qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini
boshidan kechirdi, deb hisoblanadi.
Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri
bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk
madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga
ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy
payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni
unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson
avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini
emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik
esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir.
Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din – yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan
iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir.
Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z
oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham
ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar.
Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi.
Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga
sig‘inish egalladi.
Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu
kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi.
Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr
ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay,
ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va
ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham
bejiz emas.
Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan
yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi
haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish
uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu
xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan
insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy
– Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir.
Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona
Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar
tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi.
Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir.
Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat
bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir.
Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining
eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi.
Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda
Qur’oni karimda shunday deyiladi:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
Do'stlaringiz bilan baham: |