«Odam (a.s.) Hindistonga tushganlar», - deganlar.
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.)
Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va
Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».
(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.)
Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga
g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo
Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik
obod qishloq va shaharlarga aylandi.
Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi.
Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi.
Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning
o‘rnini ko‘rsatib berdi:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)