1. Millatning ma’naviy tarbiyasi barchamizning vazifamizdir.
Alloh taolo qissada bayon etishicha, zolim
Fir’avn qavmining orasida, doimiy ravishda ulardan haqorat, zulm, zo‘ravonlik ko‘rib, ezilib, qo‘rqib kelgan bani
Isroil qavmi erkin, farovon hayotdan uzoq, erkin fikr yuritish qobiliyatidan mahrum, axloqan tuban bo‘lishib, ular
uchun yaxshilik bilan yomonlikning farqi qolmagan edi. Shuning uchun Alloh taolo bu qavmni qayta tarbiyalash
uchun ularga Muso va Horun (a.s.)larni tarbiyachi payg‘ambar sifatida yubordi. Ularni o‘z haqqini taniydigan,
qo‘rqmas, jasoratli, mard bo‘lish uchun Muso (a.s.) boshchiliklarida jihod qilib, «Muqaddas yerga» kirishga
Alloh taolo amr etdi. Ammo qalbi vahima va qo‘rquv bilan limmo-lim to‘lgan, kimga bo‘lsa boshini egib, o‘zini
hokisor tutib, itoat etishga o‘rganib qolgan qavm dushman bilan jang qilishga, ularga qarshi qurol ko‘tarib
hujum qilishga yuragi dov bermadi va payg‘ambarga e’tiroz bildirishib:
Do'stlaringiz bilan baham: |