«
Agar men o‘sha yerda bo‘lganimda, sizlarga Muso (a.s.)ning qabrlarini ko‘rsatar edim. U zotning
qabrlari «saxra» (muallaq tosh)dan bir o‘q yetar masofada, qizil rangli qum barxanlari orasidadir»
.
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat etilishicha, Muso (a.s.) bir to‘p farishtalarning qabr qaziyotganlarini ko‘rdilar.
Qabr juda manzarali, fayzli ko‘rindi. Muso (a.s.): «Ey Allohning farishtalari, bu qabrni kim uchun
qaziyapsizlar?» - deb so‘radilar. Ular: «Allohning bandalaridan bo‘lgan bir ulug‘ odam uchun. Agar o‘sha ulug‘
odam siz bo‘lishni istasangiz, marhamat qabrga kiring, uzala tushib yoting, Allohga tavajjuh qiling!» - deyishdi.
Muso (a.s.) qabrga kirdilar va shu yerda yotgancha vafot etdilar. Farishtalar Allohning ulug‘ bandasi va
payg‘ambarini dafn etdilar.
Muso (as) 120 yoshlarida Tiyh sahrosida Baytul Muqaddas atrofida vafot etdilar, qabrlari ham o‘sha
yerdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |